Xorijiy matbuot sharhlari 11.10.2017

AP xabar agentligi: “Erdo’g’an qo’lga olingan AQSh konsulligi xodimining josus ekanini ma’lum qildi”…

Xorijiy matbuot sharhlari 11.10.2017

 

AP xabar agentligi: “Erdo’g’an qo’lga olingan AQSh konsulligi xodimining josus ekanini ma’lum qildi”…

Turkiya prezidenti R.T.Erdo’g’an Turkiyada qo’lga olingan AQSh konsulligi xodimini josuslikda aybladi.

“Turkiya mana bunday ichki tahdidga qarshi qattiq chora ko’rishga haqlidir. Bu josuslar AQShning Turkiyadagi konsulligiga qanday qilib kirib qoldi yoki kim uni joylashtirdi? ”,-deydi Turkiya prezidenti.

 

Ria novosti xabar agentligi: “Turkiya bosh vaziri Idlibda sulh bitimi nazorat markazlari tashkil qilinishini aytdi”…

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ma’lum qilishicha, Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Idlib viloyatida sulh bitimiga to’la amal qilib yoki qilinmaganini tekshirish maqsadida kuzatuv markazlarini tashkil qilish uchun 8 oktyabrdan beri faoliyat olib bormoqda.

Qolaversa, Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi viza inqiroziga to’xtalgan Binali Yildirim ushbu diplomatik inqiroz ikki davlat o’rtasidagi strategik hamkorlikka putur yetkazishini bildirdi.

 

Forsnews xabar agentligi: “Turkiya tashqi ishlar vazirligi AQSh elchisining qabul uchun murojaatini rad etdi”...

Turkiya adolat vaziri Abdulhamid Gul Turkiya haqida salbiy ifodalarni tilga olgan AQSh elchisi John Bassning uchrashuv taklifini qabul qilmadi. Turkiyaning bo’yin egmasligi AQShni hayratga soldi.

 

Deutsche velle xabar sayti: “Xalqaro valyuta fondi IMF Turkiyaning rivojlanish taxminini oshirdi” …

Xalqaro valyuta fondi Turkiyaning yalpi ichki mahsulot darajasining ortishiga doir taxminlarini ma’lum qildi.

Bunga ko’ra, Turkiya joriy yilda 5.1%, 2018 yilda esa 3.5% rivojlanadi.

Xalqaro valyuta fondi taxminlariga ko’ra, AQSh iyul oyidagi hisobotda aytilganidek, joriy yilda 2.2%, 2018 yilda 2.3% rivojlanadi.

Evro hududi, Yaponiya, Xitoy, rivojlanayotgan Yevropa davlatlari va Rossiyaga nisbatan ham yuqori ko’rsatgichli taxmin yuritdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: xabar , gazeta , xorijiy matbuot sharhlari , matbuot

Aloqador xabarlar