Petros Mavroidis Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Gretsiyaning Anqaradagi elchisi Petros Mavroidis Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Petros Mavroidis Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Gretsiyaning Anqaradagi elchisi Petros Mavroidis Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Diplomatik manbaalar Gretsiyaning Anqaradagi elchisi Mavroidisning Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilganligini ma’lum qildi.

O’tgan hafta iste’foga chiqqan Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Nikos Kocias o’z o’rnini Bosh vazir Aleksis Tsiprasga topshirishdan oldin Gretsiyaning o’z hududiy suvlari chegarasining Peloponnes va Krit o’rtasidagi Antikitira orolidan, keyin esa boshqa bir mintaqadan e’tiboran 6 dengiz milidan 12 dengiz miliga kengaytirish haqida qaror qabul qilganligini qayd etgan edi.

Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan Gretsiyaning Anqaradagi elchisi Petros Mavroidisga nomi tilga olingan masala haqidagi bayonotlardan Turkiyaning bezovta ekanligi yetkazildi.


 



Aloqador xabarlar