Erdo’g’an “dunyoning eng faol musulmon yetakchisi” deb topildi

“Uning davrida Turkiya misli ko’rilmagan iqtisodiy taraqqiyot va konstitutsion islohotlarga guvoh bo’lib, ulkan global kuch sifatida qaytatdan ro’yobga chiqdi”,-deya Erdo’g’anga yuqori baho berilgan.

Erdo’g’an “dunyoning eng faol musulmon yetakchisi” deb topildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “dunyoning eng faol musulmon yetakchisi” deb topildi.

Iordaniya qirollik islomiy strategik tadqiqotlar markazi tomonidan nashr qilingan kitobda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an haqida quyidagi ifodalar o’rin olgan.

“Uning davrida Turkiya misli ko’rilmagan iqtisodiy taraqqiyot va konstitutsion islohotlarga guvoh bo’lib, ulkan global kuch sifatida qaytatdan ro’yobga chiqdi”,-deya Erdo’g’anga yuqori baho berilgan.

Bu kitobda musulmon yetakchilarning islom davlatlariga nisbatan ta’siriga baho berilgan. Bu yil 10-jildi nashr etilgan kitobda Turkiya Yunoniston va boshqa chegaradosh qo’shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlarni yo’lga qo’yganligiga e’tibor qaratilgan.

Kitobdagi “Eng faol musulmon yetakchilar” ro’yxatida Erdo’g’an birinchi o’rinni, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz ikkinchi o’rinni, Iordaniya qiroli 2-Abdulloh uchinchi o’rinni egallagan.

Erdo’g’an kitobning 2016 va 2017 yillardagi nashrlarida 8-va 5-o’rinlardan joy olgandi.

Tadqiqotlar kitobi 2009 yildan buyon yilda bir marta nashr etiladi.

 



Aloqador xabarlar