Prezident Erdo'g’an: “Turkiya YIHT tarkibida Hindistondan keyingi o’rinda”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an TRT telekanalida kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi unda Turkiya iqtisodiyoti va mamlakatning terrorizmga qarshi kurash masalasini baholadi.

Prezident Erdo'g’an: “Turkiya YIHT tarkibida Hindistondan keyingi o’rinda”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an vazifasining birinchi yillarida Turkiyaning mudofaa sanoatidagi ehtiyojining 20 foizini ta’minlay olganligini, bugungi kunda esa buning 65 foizga yetganligini ma’lum qildi.

Prezident Erdo'g’an TRT telekanalida kun tartibi haqidagi savollariga javob berdi.

Erdo'g’an ayniqsa iqtisodiyotdagi 7.4 foizlik o’sish ko’rsatkichining muhim ekanligini eslatgan holda, G-20 davlatlari orasida Turkiyaning Yevropa Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tarkibida Hindistondan keyingi ikkinchi o’rinda ekanligini qayd etdi.  

Erdo'g’an shuningdek, oxirgi vaqtlarda Turkiyada ishsizlikning kamayganligini belgilab o’tgan holda yoshlar orasidagi ishsizlikda esa jiddiy ma’noda pasayish kuzatilganligini ifoda etdi.

Erdo'g’an, Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin mintaqasidagi “Zaytun novdasi” amaliyoti natijasida 4 ming 600 dan ortiq PKK/ PYD/ YPG terror tashkilotining yo’q qilinganligini belgilab o’tdi.

Erdo'g’an 12 ta nazorat nuqtasi orqali Afrinning nazorat ostiga olinganligini ham o’z so’ziga ilova etar ekan, Manbij yo’l xaritasi orqali PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining terroristlardan butunlay qutqarilajagini ma’lum qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar