Binali Yildirim, milliy qurollarning operatsiyalarga katta hissa qo'shganini bildirdi

Binali Yildirim, milliy qurollar va uchuvchisiz havo vositalarining Afrin opratsiyasiga katta hissa qo'shganini izohladi.

Binali Yildirim, milliy qurollarning operatsiyalarga katta hissa qo'shganini bildirdi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim, milliy qurollar va uchuvchisiz havo vositalarining Afrin opratsiyasiga katta hissa qo'shganini izohladi.

Yildirim, Anqarada Sanoat mahsulotlarini baholash va qo'llab-quvvatlash loyihasining (EYDE) tanituv yig'ilishida so'zladi.

Yildirim ma'ruzasida mudofaa sanoatidagi mavjud vaziyatga baho berib, "Mudofaa sanoatida, kelajakda 60 milliard dollarlik ish hajmi mavjud. Ushbu loyihalarimizni 10 yil ichida hayotga tatbiq etamiz" dedi.

Mudofaa sanoatida mahalliy mahsulotning ahamiyatiga to'xtalib o'tgan Yildirim, Turk Qurolli Kuchlarining (TQK) Suriyaning Afrin hududida terror tashkiloti PKK/KJK/PYD/YPG va DEASh a'zolarini ta'sirsiz holga keltirish, do'st va qardosh mintaqa xalqini bosim va zulmdan qutqarish maqsadida 20- Yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi operatsiyasi doirasida milliy qurollar bilan terrorizmga qarshi katta zafarlar qo'lga kiritilganini izohladi.

Mahalliy qurollar va uchuvchisiz havo vositalarining operatsiyalarga o'z ta'sirini ko'rsatganini qayd etgan Yildirim, jangarilar tashqaridan olgan qurollarning, milliy qurollar oldida puchga chiqganini ifoda etdi.



Aloqador xabarlar