“Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida yana bir askar shahid bo’ldi

Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida Turk Qurolli kuchlari tomonidan olib borilayotgan “Zaytun novdasi” amaliyoti chog’ida yana bir askar shahid bo’ldi.

“Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida yana bir askar shahid bo’ldi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Afrinda olib borilayotgan amaliyot chog’ida yana bir askar shahid bo’ldi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida Turk Qurolli kuchlari tomonidan olib borilayotgan “Zaytun novdasi” amaliyoti chog’ida bir askar shahid bo’lgan.  

Bayonotda,

“Bizlarni chuqur qayg’uga solgan bu voqeada jon bergan aziz shahidimizga Olloxdan rahmat, shahidimizning qayg'uli oilasiga, Turk Qurolli kuchlari bilan ulug’ turk millatiga chuqur ta’ziya izhor etib, sabr tilab qolamiz” degan ifodalarga o’rin berildi.  

Turk Qurolli kuchlari tomonidan joriy yilning 20-yanvari kuni boshlatilgan va haligacha davom etgan “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida bugungacha 44 nafar turk askari shahid bo’ldi.  



Aloqador xabarlar