Prezident Erdo’g’an, Suriyaning afrin hududi oqshomgacha terroristlardan tozalanishini tiladi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Suriyaning afrin hududi oqshomgacha terroristlardan tozalanishini tiladi.

Prezident  Erdo’g’an, Suriyaning afrin hududi oqshomgacha terroristlardan tozalanishini tiladi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Suriyaning afrin hududi oqshomgacha terroristlardan tozalanishini tiladi.

Erdo’g’an, Prezidentlik kulliyasida 46- mahalla komitet rahbarlari yig’ilishida so’zlagan butqida, Turk qurolli kuchlari (TQK) 20- yanvarda Afrin hududida  boshlatilgan Zaytun novdasi harbiy  operatsiyasi borasida to’xtadi.

Harbiy operatsiyada  bugungacha 3 ming 444 nafar terrorist yo’q qilindi degan Erdo’g’an,

“ Afringa yana ham  bir oz yaqinlashdik. Umid qilaman oqshomgacha Afrin butunlay  qo’lga kiritiladi.

Albatta ki ishimiz oson emas. G’arb kabi begunoh  odamlarni o’ldirmaymiz.

Faqatgina Jazoirda 5 million insonni qatl etdilar. Ruandada Liviyada, Iroqda o’n minglab odamni , yuz minglab insonni  o’ldirdilar. Birinchidan bularning javobini bersinlar. Turkiya tinch aholini nishon olsa edi, Afrinni  hozirgacha qo’lga kiritar edi.

Prezident, TQK Afrinda foydalangan qurollarning 65 foizi mahalliy qurol ekanini va bu nisbatni yana orttiramiz dedi.

Afrin shahar markazida  isyon qilishlarini aytgan terroristlar, TQK mintaqaga kirib borgandan keyin orqaga  qaramasdan qochganlarini anglatgan Prezident, terroristlar qochar ekan sharni tark etmoqchi  bo’lgan tinch aholini ham jonli qalqon sifatida foydalanmoqchi bo’lib  to’siq bo’lmoqdalar.

Afrindagi terroristlar yolg’iz o’zlari harakat qilmaganlarini ishora qilgan Erdo’g’an, so’zlarini shunday davom ettirdi.

“ ko’rasiz ki u tog’larda qancha ko’p  tunal qazganlar.  Bularni kim qazdi? U terroristlarmi? Faqat ular emas, bularning sheriklari ham bordir.”

Suriyadan so’ngra Shimoli Iroqda operatsiyaga imo- ishora qilgan Erdo’g’an,

“ Munbichni ham tozalaymiz, Frot daryosining sharqiyni ham Shimoliy Iroq chegaramizgacha ayni shaklda terroristlardan tozalaymiz. Yaqinda shimoliy Iroqni ham terroristlarning   boshiga o’yamiz. Bizning  ustuvorligimiz o’z xavfsizligimiz” deya qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: Tozalandi , Terroristlar , Afrin , Prezident Erdog'an

Aloqador xabarlar