Iroqdagi terror lagerlaridan Turkiyaga qochib o’tgan terroristlar taslim bo'ldi

Quruqlik kuchlari qo’mondonligiga qarashli chegara hudud bo’linmalari Suriyadan Turkiyaga noqonuniy yo’llar bilan o’tayotgan 765 kishini qo’lga tushirgan.

Iroqdagi terror lagerlaridan Turkiyaga qochib o’tgan terroristlar taslim bo'ldi

Turkiyaning Shirnak viloyati Silopi tumanida Iroqdagi terror lagerlaridan Turkiyaga qochib o’tgan 4 nafar terrorist xavfsizlik xodimlariga taslim bo’ldi.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi internet saytida ma’lum qilingan.

Harbiy bosh shtab saytida yozilishicha, Shirnakning Silopi tumanida 4 nafar terrorist taslim bo’lgan. Bitlisda xavfsizlik kuchlari tomonidan o’tkazilgan reydlarda 2 ta qo’lbola bomba, portlashda ishlatilgan 11 ta gaz balon va ko’p miqdorda kundalik ashyolar qo’lga tushirilgan.

Mardin, Shirnak va Hakkari viloyatlarida o’tkazilgan reydlarda 8 ta kalashnikof avtomati, 12 ta qo’lbola bomba va ko’plab kundalik ashyolar qo’lga tushirilgan.

Quruqlik kuchlari qo’mondonligiga qarashli chegara hudud bo’linmalari Suriyadan Turkiyaga noqonuniy yo’llar bilan o’tayotgan 765 kishini qo’lga tushirgan.

Ayni paytda, Turkiyadan Suriyaga noqonuniy yo’llar bilan o’tishga uringan ikki kishi qo’lga tushirilgan.

Qolaversa, Iroqdan Turkiyaga noqonuniy ravishda o’tgan 3 kishi, Erondan Turkiyaga noqonuniy yo’llar bilan chegaradan o’tayotgan 1 kishi qo’lga tushirilgan.

Yunonistondan Turkiyaga noqonuniy yo’llar bilan o’tayotgan 8 kishi, Turkiyadan esa, Yunonistonga noqonuniy yo’llar bilan o’tayotgan 148 kishi qo’lga tushgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: terrorist , Iroq , noqonuniy yo'llar , Turkiya , Suriya

Aloqador xabarlar