Prezident Erdog’an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezident Erdog’an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra muloqatda o’zaro munosabatlar va Suriya masalasi qo’lga olingan.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ushbu uchrashuvdan foydalanib Turkiya tomonidan Suriyaning Afrin mintaqasida terroristlarga qarshi olib borilgan “Zaytun novdasi” amaliyoti haqida Saudiya Arabistoni qiroli bilan fikr almashgan.

Afrinda terroristlar tomonidan o’z uy-joylarini tark etib qochishda qiynalgan arab, kurd va turkman xalqining ham amaliyotni qo’llab-quvvatlaganligini eslatib o’tgan Prezident Erdog’an,  amaliyot bilan birga mahalliy xalqning ham o’z uy-joylariga qaytishlarining ta’minlanajagini qayd etgan.

Erdog’an bilan Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Suriyaning hududiy yaxlitligini va mamlakatdagi muammoning siyosiy yo’llar orqali hal qilinishi uchun o’zaro hamkorligini orttirishning foydali bo’lajagini ta’kidlaganlar.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Jeneva jarayoni va Suriya muammolarini hal qilishga bag’ishlangan xalqaro say-harakatlarni qo’llab-quvvatlaganliklarini ifoda etar ekan bunga qarshi Prezident Erdog’an Ostona va Sochi kongressini Jeneva muzokarasining bir bo’lagi sifatida qabul qilganliklariga e’tibor qaratgan.

Prezident Erdog’an bilan Saudiya Arabistoni qiroli Turkiya va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yana-da rivojlantirish borasidagi qarorliliklarini tasdiqlab olganlar.

Uchrashuvda Bosh vazir Binali Yildirimning o’tgan yilning dekabr oyida Saudiya Arabistonida bo’lib qaytganligiga ham to’xtalgan.

Prezident Erdog’an va Abdulaziz Salmon avval ham ta’kidlanganidek Saudiya Arabistoni valiahdi shahzoda Muhammad bin Salmonning kelajakda, Turkiyaga tashrif buyurishi, o’zaro va mintaqaviy mavzularda fikr almashilishi jihatidan katta ahamiyat kasb etishini ifoda etganlar.

 



Aloqador xabarlar