Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 41-qism

Tojikiston dunyoning eng yirik qit’asi Yevroosiyoning eng muhim strategik davlatlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi bo’limida, Turkiya va Tojikiston munosabatlari haqida so’z qilaylik.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 41-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Tojikiston dunyoning eng yirik qit’asi Yevroosiyoning eng muhim strategik davlatlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi bo’limida, Turkiya-Tojikiston munosabatlari haqida so’z qilaylik.  

Tojikiston Yevroosiyoning eng muhim davlatlaridan biridir. Tojikiston Turk dunyosi bilan bir-biriga chambarchas bog’liq bo’lishiga qaramay mamlakatning o’z mustaqilligini e’lon qilgan 1991-yildan beri Turkiya bilan bo’lgan munosabati cheklangan saviyada davom etdi. Bunga sabab sifatida Tojikistonning iqtisodiy shart-sharoitlarini, bir mahallari yuz bergan ichki urushini, mamlakatning Rossiya bilan ayniqsa Eron bilan bo’lgan yaqin hamkorliklarini ko’rsatishimiz mumkin. Shuning uchun ham yaqin yillargacha Turkiya-Tojikiston o’rtasida orzu qilingan saviyada kuchli munosabatlar o’rnatila olmadi lekin, birinchi yillarga nisbatan bugungi kunda jiddiy ravishda, ijobiy siljishlar sezilmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turkiya 1991-yilning 16-dekabri kuni Tojikistonning mustaqilligini tan oldi. Bu ikki mamlakat o’rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilning 29-yanvarida o’rnatildi. Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi 1992-yilning 4-avgustida, Tojikistonning Anqaradagi elchixonasi esa 1995-yilning 16-oktabrida ochildi. Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi Tojikistonda 1992-1997 yillari yuz bergan ichki urush yillarida ham o’z faoliyatlarini to’xtatmay, davom ettirdi.

Tojikiston uchun tashqi siyosatda o’rtoq til jihatidan Eron muhim o’ringa ega. Shuning uchun ham Tojikiston bilan Eron o’rtasida faqatgina savdo tarmog’ida emas ayni vaqtda ta’lim va madaniy tarmoqlarda ham jiddiy hamkorliklar yo’lga qoyilib kelinmoqda. Turkiya Respublikasi esa Yirik Talabalar loyihasi doirasida, 1992-93 o’quv yilidan e’tiboran talay tojikistonlik talabaning Turkiyada ta’lim olishini ta’minladi.

Yevroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati va Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lgan Tojikistonning, oxirgi yillarda Yevropa ittifoqi bilan bo’lgan munosabati ham mustahkamlanib kelmoqda. Bugungi kundagi YIning Markaziy Osiyoda yo’lga qoyayotgan loyiha va yordamlarining yirik qismining Tojikistonga qaratilayotganligini bunga o’rnak sifatida aytishimiz mumkin. YI va Tojikiston o’rtasida qo’l qo’yilgan shartnomalar doirasida ijtimoiy xavfsizlik, sog’likni saqlash va xususiy tarmoqning rivojlantirilishi rejalashtirilmoqda.   

Tojikiston tabiiy resurslarga ega bo’lishiga qaramay tog’li hududda joylashgani uchun o’z boyliklarini qazib olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Huddi shu sabab yuzasidan Tojikiston qishloq-xo’jaligi mahsulotlarini ham ancha qiyinchilik bilan qo’lga kiritmoqda. Kamiga Tojikiston o’z fuqarolarini ish bilan ta’minlashda ham ko’plab muammolarni boshdan kechirmoqda.

Ba’zi ijtimoiy va iqtisodiy muammolariga qarshi kurash olib borayotgan Tojikistonda Turk firmalari sonining va tashabbuslarining ortishi, mamlakat iqtisodiyotining tiklanishiga ijobiy hissa qo’shadi. Ayniqsa oxirgi yillarda xususiylashtirish niyatida turli loyihalar ustida ish olib borilayotgan Tojikistonda Turk firmalarining bu masalaga bo’lgan yondashuvi va bu tarmoqlarda faoliyatlar olib borishi ham Tojikiston, ham da Turkiya manfaati uchun katta yutuq yohud katta imkon desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu o’rinda oxirgi yillarda Turkiya bilan Tojikiston o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda konkret siljish sezilganligini, buning kelajakda ham davom etishini eslatib o’tsak foydadan xolis bo’lmaydi. Turkiya-Tojikiston munosabatlari Mavlona Jaloliddin Rumiy kabi buyuk mutafakkirlarga ega bo’lgan kuchli madaniy meros ustida rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda har ikki mamlakat manaviyatida ham, munosabatlarni har sohada rivojlantirish uchun kuchli iroda mavjud.

Bu doirada Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning 2012-yilning 18-dekabri kuni Turkiya Respublikasiga bo’lgan amaliy tashrifi chog’ida ikki mamlakat munosabatlarining yana da mustahkamlanishi maqsadida “Turkiya Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o’rtasida Hamkorlik kengashi tashkil etilishi to’g’risidagi mushtarak bayonot” ga qo’l qo’yildi.

Shu bilan birga Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lining 2016-yilning 21-oktabri kuni Tojikistonga bo’lgan amaliy tashrifi chog’ida Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o’rtasida, “2017-2020-yillarini o’z ichiga qamrab olgan hamkorlik rejasi”ga qo’l qo’yildi. Huddi ana shu kuni Imomali Rahmon tomonidan qabul qilingan Chavusho’g’li, ushbu qabul ortidan Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov bilan uchrashdi.  

Chavusho’g’lining mana shu tashrifining eng muhim jihatlaridan biri roppa-rosa 8 yil ortidan birinchi marotaba Tashqi ishlar vazirligi saviyasida amalga oshgan tashrif bo’lishidir. Shuningdek huddi ana shu davrning Qo’shma iqtisodiy komissiyasi raisdoshi Bosh vazir o’rinbosari Yildirim Tug’rul Turkesh, Qo’shma iqtisodiy komissiyasining to’qqizinchi yig’ilishini o’tkazish uchun 2017-yilning 15-17-fevrali kunlari Dushanbega bordi. Bunga qo’shimcha sifatida har ikkala mamlakat o’rtasida transport tarmog’ida ham mustahkam hamkorlik davom etmoqda va ham avtomobil yo’li, ham da temir yo’li transporti jihatidan muhim o’ringa ega bo’lgan loyihalarda ikkala mamlakat ham birgalikda faoliyat olib bormoqda. Mintaqaviy tarmoqlarda qo’shimcha ijobiy rol o’ynaydigan ikki mamlakat yaqin kelajakda bu sohada hamkorlikni mustahkamlashi mumkin.

Oxirgi davrlarda savdo tarmoqlaridagi hamkorliklar ham ortib bormoqda. Olingan ma’lumotlarga ko’ra Turkiya Tojikistonning to’rtinchi yirik savdo sherigi va 2013-yili Tojikiston-Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi 655.115 million AQSh dollarini tashkil etdi. Tojikistonda faoliyat olib borayotgan Turk firmalari jami 50 million AQSh dollari qiymatida to’g’ridan-to’g’ri sarmoya kiritmoqda. Bularga qo’shimcha sifatida Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi yani TIKAning Tojikistonda investitsiya va yordam dasturlari ham davom etmoqda. Tojikiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning kelasi yillarda ma’lum bir rejalar doirasida davom etishi va o’zaro munosabatlarning davom ettirilishi, munosabatlarning mustahkamlashtirilishiga ijobiy hissa qo’shadi.

Bundan tashqari Turkiya va Tojikiston BMT, Islom Hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar doirasida yaqin hamkorlik va nomzodlik doirasida hamjihatlikda.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: Tojikiston , Yevroosiyo , Turkiya

Aloqador xabarlar