Erdog’an Serbiyada, Bosniya Milliy ozchilik kengashi raisini qabul qildi

Amaliy tashrif bilan 9-oktabrdan beri Serbiyada bo’lgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an u yerda, Bosniya Milliy ozchilik kengashi raisi Sulaymon Ugljaninni qabul qildi.

Erdog’an Serbiyada, Bosniya Milliy ozchilik kengashi raisini qabul qildi

Amaliy tashrif bilan 9-oktabrdan beri Serbiyada bo’lgan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an u yerda, Bosniya Milliy ozchilik kengashi raisi Sulaymon Ugljaninni qabul qildi.

Ortidan Bosniya Milliy ozchilik kengashiga xitob etgan Prezident Erdog’an, Sanjak aholisini va Serbiyadagi bosniyaklarni turkiyaliklarning, faqatgina yaqin qarindosh deb hisoblamasligini qayd etdi.

Bosniyaklarning o’z huquqlari uchun Serbiya qonunlari va konstitusiyasi asosida kurashishi mumkinligini ham eslatgan Erdog’an, Bosniya Milliy ozchilik kengashi raisi Sulaymon Ugljaninning bu boradagi say-harakatlarini qanchalik yuqori baholashini ifoda etdi.

Turk investitsiyalarining Sanjakda orttirilishi uchun kerakli faoliyatlarning olib borilayotganligini va buni qo’llab-quvvatlaganliklarini qayd etgan Erdog’an, kecha Belgradda bo’lib o’tgan Biznes forumida ham shu haqida gaplashganliklarini eslatdi.

Turk ishbilarmonlarining Serbiyaga yana-da ko’proq investitsiya kiritish irodasini katta xursandchilik bilan kuzatganliklarini ham o’z so’ziga ilova etgan Erdog’an sog’likni saqlash, ta’lim va tarbiya, infratuzilma kabi ko’plab tarmoqda ikki mamlakatning birgalikda faoliyat olib borishi kerkaligini ta’kidladi va o’z so’zini,

“TIKA va Chet eldagi turklar boshqaruvining Serbiya bo’ylab sog’likni saqlash, tarixiy asarlarning qayta tiklanishi, ta’lim va infratuzilma kabi tarmoqlarda yo’lga qoygan loyihalari shu o’rinda katta ahamiyat kasb etadi degan fikrdaman. Kecha Serbiyadan roppa-rosa 5 ming tonna go’sht import qilish uchun kerakli faoliyatlarni boshlatdik. Buning ma’lum qismining ham ayniqsa Noviy Pzardan ajratib berilishini ham yetkazdim. Bugun bu yerda shuningdek yog’och-taxta materiallari va mebel jihozlari savdosiga qo’l qo’yib, mebel fabrikasi qurish imkonimiz haqida ham gaplashib oldik” deya davom etdi.

Erdog’an, mintaqada mebel fabrikasi qurish orqali yangi ish o’rni yaratishni istaganliklarini va hatto buning natijasida Turkiya bilan Yevropaga mebel eksport qilishlari uchun yordam berishlari mumkinligi belgilab o’tdi.  

Erdog’an, ushbu tashrifi chog’ida ba’zi hamkorlik protokollarga qo’l qo’yganliklarini ham ta’kidlab buning, Sanjak va Noviy Pazarga yaxshilik olib kelishini tiladi.  

 

 



Aloqador xabarlar