Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras bilan uchrashdi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Yunonistonning poytaxti Afinada bosh vazirlik qarorgohida Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras tomonidan kutib olindi.

Avvalo ikki davlat bosh vazirlari o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.

“Biz qo’shni davlatmiz. Bizda bir gap bor. Qo’shni qo’shnining kuliga muhtojdir. Biz bitta mintaqada yashaymiz, shu sababli bizning taqdirimiz ham bitta. Shubhasiz, vaqti-vaqti bilan muammolar bo’lishi mumkin. Bu oddiy hol. Muammolarni o’zaro kelishgan holda hal qilish mumkin”,-deydi Binali Yildirim uchrashuv chog’ida.

Oxirgi yillarda Yunonistonda ham bir qancha qiyinchiliklar yuzaga kelganini, Turkiyaning janubida, Suriyada, Iroqda ichki urush davom etganini eslatgan Binali Yildirim: “Shu sababli qiyinchiliklarimiz bor. Bu qiyinchiliklarni o’zaro kelishgan holda hal qilishimizga ishonaman. Oldimizda juda katta imkoniyatlar mavjud. Fursatdan foydalanib, muammolarimizni tinch-totuvlik bilan adolatli hal qilish mumkin. Bunga g’ayrat ko’rsatishimiz kerak”,-dedi.

Yunoniston Bosh vaziri Aleksis Chipras Turkiya va Yunoniston o’rtasidagi muammolarni tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish muhim ekanini aytib o’tdi.

Aloqador xabarlar