Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bugun Yunonistonga jo’nab ketadi

Binali Yildirim poytaxt Afinada Yunoniston Bosh vaziri Chipras va prezident Prokopis Pavlopoulos bilan uchrashadi.

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bugun Yunonistonga jo’nab ketadi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim bugun davlat tashrifi bilan Yunonistonga jo’nab ketadi.

Binali Yildirim poytaxt Afinada Yunoniston Bosh vaziri Chipras va prezident Prokopis Pavlopoulos bilan uchrashadi.

Turkiyadan Yunonistonga ikki yarim yillik oradan so’ng amalga oshirilayotgan rasmiy ziyorat chog’ida, Turkiya bilan Yunoniston o’rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy masalalar, Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari hamda Kipr masalasining muhokama qilinishi kutilmoqda.

Binali Yildirimning Yunoniston ziyorati Kipr konferensiyasining Jeneva shahrida takror o’tkazilishi, Turkiyaning O’rta Yer dengizida yo’lga qo’ygan ko’p qirrali seysmik va neft qazib chiqarish strategiyasi, rum tomonining neft va tabiiy gaz qidirish faoliyatlari bilan bog’liq ba’zi xalqaro shirkatlar bilan tuzilgan bitimlar diqqatga olinganda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yunoniston mediasiga ko’ra, ushbu ziyorat Turkiya Prezidenti R.T.Erdo’g’anning Yunoniston Bosh vaziri Chipras bilan 13 mayda Xitoyda bo’lib o’tgan uchrashuvining davomi bo’lib hisoblanadi.

Mazkur ziyorat doirasida ikki davlat o’rtasidagi muzokaralarni takror yo’lga qo’yish doirasida yo’l haritasini belgilash maqsad qilinmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar