Samarqandda “Fotih kubogi” musobaqasiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi

Istanbulning fath qilinishining 565-yilligini nishonlash doirasida tashkil etilgan, "Kamondan o’q otish bo’yicha VI xalqaro Fotih kubogi musobaqasi"ning taqdimoti O’zbekistonning tarixiy shahri Samarqandda o’tkazildi.

Samarqandda “Fotih kubogi” musobaqasiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi

Bu yil shu bilan oltinchi marotaba tashkil etiladigan kamondan o’q otish bo’yicha VI xalqaro “Fotih kubogi” musobaqasining taqdimoti O’zbekistonning tarixiy shahri Samarqandda o’tkazildi.   

Registon maydonida o’tkazilgan taqdimotda “Turkiya-O’zbekiston” parlamentlararo do’stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdog’an, O’zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov, O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, O’zbekiston Kamondan otish federatsiyasi raisi Jamoliddin Boboxonov, Samarqand viloyati hokimi Turabjon Jo’rayev, Turkiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muhtor elchisi Ahmad Bashar Shen va tadbirga taklif qilingan ko’plab mehmon ishtirok etdi.   

Haydar Ali Yildiz tadbirda so’zlagan nutqida, avvallari Istanbulning fath qilinishining 565-yilligini Samarqandda nishonlashni orzu ham qilolmaganliklarini eslatgan holda, bugungi kunga kelib bu haqida mazkur tarixiy shaharda tadbir o’tkazayotganliklaridan xursand ekanliklarini ta’kidladi. Bunda ikki mamlakat prezidentlarining ulkan hissasi borligini ham o’z so’ziga ilova etgan Ali Yildiz, kecha Samarqandda boshlagan tadbirning 29-maygacha davom etajagini ma’lum qildi.

Kamondan o’q otish bo’yicha VI xalqaro “Fotih kubogi” musobaqasida bu yil dunyoning 50 davlatidan roppa-rosa 500 sportchining ishtirok etajagini qayd etgan Yildiz, tadbirning bu yil yana-da keng ko’lamli uyushtirilganligiga e’tibor qaratdi.

Taqdimotda nutq so’zlagan Bilol Erdog’an ham Samarqandning, boy Anado’lu madaniyatining ota yurti ekanligini eslatgan holda, mazkur ikki hududning manaviy jihatdan bir-biriga judayam-yanqin ekanligini ta’kidladi.

Erdog’an, “Bugungi kunda Islom madaniyati balki ancha ortda qolgandir lekin takror Buxorodan, Samarqanddan, Adado’li va Andulusdan ilhom olgudek bo’lsak unda Islom madaniyati yana o’zining yorqin chog’larini yashay boshlaydi. Buning uchun birinchi qadam sifatida qadimda bo’lganidek takror birga bo’lishimiz darkor. Bu vaziyat turli sabablar bilan bizning qardoshligimizni mustahkamlaydi” dedi.

Kamonchilar fondi nomidan an’anaviy kamonchilikni tanitmoqchi ekanliklarini ifoda etgan Erdog’an, shuning uchun ikki davlat rahbarlari yetakchiligida, ikki qardosh mamlakatning takror yaqin munosabatlari ichiga shumg’ib ketishidan xursand ekanliklarini belgilab o’tdi.

O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham tadbirning ahamiyatiga e’tibor qaratgan holda O’zbekiston va Turkiya o’rtasida, turli tarmoqlarda jadal rivojlanib borayotgan hamkorliklarga, Xalqaro “Fotih kubogi” musobaqasining ham katta hissa qo’shganligini qayd etdi.

Ahmadjonov, Turkiyaning Osiyo bilan Yevropani bir-biriga bog’lagan muhim davlat ekanligini, shuning uchun ham o’zbek sportchilarning sport tadbirlariga tayyorlanishida Turkiyaning tajribalaridan foydalanmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi. Ahmadjonov, ikki mamalakat sportchilarining olimpiadalarga birgalikda tayyorlanishi mumkinligini ham ifoda etdi.

Taqdimot ortidan ikki mamlakat hay’ati Samarqand shahrining yuragi hisoblangan “Registon maydoni” da “Fotih kubo”gining birinchi o’qini otdi.

“Fotih kubo”gining birinchi o’qi ramziy ma’noda Samarqandda otilar ekan mazkur kubok, Turkiya Kamonchilar federatsiyasi bilan Dunyo Kamonchilar federatsiyasi o’rtasida birgalikda uyushtirilgan dunyoning eng yirik musobaqasi hisoblanadi.  

Aytib o’tish joizki “Turkiya-O’zbekiston” parlamentlararo do’stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdog’an yetakchiligidagi katta delegatsiya kechadan beri O’zbekistonda.

Ular tashrif avvalida O’zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov va O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamrohligida Toshkentning diqqatga sazovor joylarini shu jumladan “Halqlar do’stligi” maydoni, Islom Karimov nomidagi ilmiy ma’rifiy yodgorlik majmuasi hamda Amir Temur hiyobonini tomosha qildilar. Keyin Samarqand shahriga borgan turkiyalik hay’at u yerda eng avvalo “Go’ri Amir” maqbarasini ziyorat qildilar. U yerda Amir Temurning haqqiha qur’on tilovat qilgan hay’ar ortidan “Registon maydoni” da kamondan o’q otish bo’yicha VI xalqaro “Fotih kubogi” musobaqasining taqdimotida ishtirok etdilar.

Tadbir yakunida tomonlar esdalik uchun sovg’a almashar ekan ortidan turkiyalik delegatsiya Samarqandning yuragi hisoblangan “Registon” maydonidagi “Mirzo Ulug’bek”, “Tillaqori”, va “Sherdor” madrasalari kabi tarixiy obidalarni tomosha qildi.



Aloqador xabarlar