O'zbekistondan xabarlar 9-qism

O`zbekiston hukumati o`zbek - tojik davlat chegarasida ayrim o`tkazuv punktlari faoliyatini qaytadan tiklash bo`yicha qaror qabul qildi.

O'zbekistondan xabarlar 9-qism

O`zbekiston Tojikiston bilan chegarada 10 ta o`tkazish punktlari faoliyatini qaytadan tiklaydi.

O`zbekiston hukumati o`zbek - tojik davlat chegarasida ayrim o`tkazuv punktlari faoliyatini qaytadan tiklash bo`yicha qaror qabul qildi.

Hukumat qarori bilan Samarqand viloyatidagi Jartepa, Jizzax viloyatidagi Kushkent va Uchto`rg`on, Sirdaryo viloyatidagi Xovostobod, Toshkent viloyatidagi Bekobod, Namangan viloyatidagi Pop, Farg`ona viloyatidagi Ravot, Surxondaryo viloyatidagi Gulbahor avtomobil yo`llari o`tkazish punktlari hamda Amuzang temir yo`l o`tkazish punktining muhandislik - kommunikatsiya va yo`lbo`yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish nazarda tutilgan.

Hukumat qarori bilan shuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Jartepa aholi punkti hududidagi chegara posti tashkil etiladi.

Bundan tashqari, o`tkazish punktlariga tutash avtomobil yo`llari bo`yida zamonaviy standartlarga mos yo`lbo`yi infratuzilmasini tashkil etish tadbirlarini o`tkazish, shuningdek, fuqarolar uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish belgilandi.

Qarorga asosan "O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyatiga 1 martgacha O`zbekiston hududi doirasida G`alaba – Amuzang temir yo`l uchastkasi rekonstruktsiya qilinishini ta`minlash va o`tkazish punktida zarur xizmat - maishiy sharoitlar yaratish vazifasi topshirildi.      

Toshkentda aprel oyida Shangxay Hamkorlik Tashkiloti mintaqaviy aksilterror kengash yig`ilishi o`tkaziladi.

Aprel oyida Toshkentda Shangxay Hamkorlik Tashkiloti mintaqaviy aksilterror kengashi navbatdagi yig`ilishi bo'lib o'tadi.

Bu xaqda ushbu kengash matbuot xizmati deb xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Nyu-Delida fevral oyi boshlarida Qirg`iziston raisligida Shangxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlarining vakolatli idoralar ekspertlari ishtirokidagi uchrashuv bo`lib o`tdi.

"Yig`ilish davomida Toshkentda 2018 yil aprel oyida Shangxay Hamkorlik Tashkiloti mintaqaviy aksilterror kengashining navbatdagi yig`ilishi kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi", deyiladi Shangxay Hamkorlik Tashkiloti mintaqaviy aksilterror kengashi matbuot xizmati xabarda.

Shangxay Hamkorlik Tashkiloti mintaqaviy aksilterror kengashining ijroiya qo`mitasi direktori Evgeniy Sisoyev Hindistonga amalga oshirilgan tashrif davomida Hindiston milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rajinder Xann va Tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar bilan uchrashdi.

Malumki, Shangxay Hamkorlik Tashkiloti  xalqaro mintaqaviy tashkilot bo`lib, 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston va O`zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan.

        

Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan muzokaralar o`tkazdi.

23 fevral kuni Moskva shahrida amaliy tashrif bilan bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bo`lib o`tgan suhbat chog`ida O`zbekiston - Rossiya kun tartibidagi asosiy masalalar hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda, 2017 yil ikki mamlakat o`rtasida faol muloqot yili bo'lganligi ta`kidlandi.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 4 - 5 aprel kunlari Rossiyaga bo`lgan davlat tashrifi va Prezident Vladimir Putin bilan muzokoralar olib borgani muhim voqea bo`lgani qayd etildi.

Vazirlar oliy va boshqa darajalardagi ikki tomonlama kelishuvlarni tadbiq etish bo`yicha amaliy qadamlarga alohida e`tibor qaratishdi.

Suhbatda mintaqaviy xavfsizlikka, jumladan, Afg`onistondagi vaziyatga jiddiy e`tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Afg`oniston bo`yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli xalqaro konferentsiya muhim rol o`ynashi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuvda Rossiya tomoni Toshkent konferentsiyasining muvaffaqiyatli o`tishidan manfaatdor ekanligini va unda yuqori darajada ishtirok etishini tasdiqladi.

Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan 2018 - 2019 yillarga mo`ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi Hamkorlik dasturi imzolandi.

        

Rossiyaning "Gazprom eksport" kompaniyasi O`zbekistondan 2,5 milliard dollarlik tabiiy gaz sotib oladi.

O`zbekiston 2018 - 2020 yillarda Rossiyaning "Gazprom eksport" kompaniyasiga 2,5 milliard dollarlik tabiiy gaz yetkazib beradi.

Rossiya Davlat xaridlari portali ma`lumotlariga ko`ra, O'zbekiston tabiiy gazini yetkazib berish 2022 yilgacha amalga oshiriladi. Ma`lumotlarga ko`ra, O'zbek tomoni tabiiy gazni gaz yoki suyultirilgan holda yetkazib beriladi.

Malumki, o'tgan yil boshida Rossiyaning "Gazprom eksport", O'zbekistonning "O`ztransgaz" hamda Qozog'istonning "KazTransGaz" kompaniyalari o`rtasida tabiiy gaz yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalarni bajarish muddatlari 2018 - 2022 yil qilib belgilangan bo'lib, mazkur kelishuv 2,5 milliard dollarlik uch shartnomani o`z ichiga oladi.

Malumki, Rossiyaning "Gazprom" 2018 yilda Qozog`iston va O`zbekistonda taxminan 20 milliard kub metr gaz sotib olishni rejalashtirayotgani xabar berilgan edi.

        

 


Tanlangan kalimalar: Aloqalar , Tojikiston , O'zbekiston

Aloqador xabarlar