O'zbekistondan xabarlar 7-qism

Xavfsizlik masalalari bo`yicha O`zbekiston-Afg`oniston qo`shma komissiyasining ilk yig`ilishi bo`lib o`tdi.

O'zbekistondan xabarlar 7-qism

Xavfsizlik masalalari bo`yicha O`zbekiston-Afg`oniston qo`shma komissiyasining ilk yig`ilishi bo`lib o`tdi.

10 - fevralda Toshkentda Xavfsizlik masalalari bo`yicha O`zbekiston - Afg`oniston qo`shma komissiyasining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Komissiya tarkibiga O`zbekiston va Afg`oniston xavfsizlik kengashlari apparatlari, huquq-tartibot idoralari vakillari kiritildi.

Yig`ilish davomida tomonlar O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasida terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashdagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari, qurol savdosi va giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, jinoiy daromadlarni legallashtirish va transchegaraviy uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurashish masalalarini ko`rib chiqdi.

Ikki tomon vakillari bojxona qonunbuzarliklaridan ogohlantirish va ularning oldini olishda hamkorlikni faollashtirish, davlat chegaralari xavfsizligini ta`minlash masalalari bo`yicha fikr almashishdi.

Rivojlanish va infratuzilma bo`yicha qo`shma loyihalarning xavfsizligini va uzluksiz amalga oshirilishini ta`minlash, Kobul va Mozori - Sharifdagi ishlab chiqarish korxonalari, markazlari, savdo uylarini himoya qilish muhimligi qayd qilib o`tildi.

Afg`oniston Prezidentining O`zbekistonga dekabrdagi tashrifi doirasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy - gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlarning o`z vaqtida amalga oshirilishini ta`minlash masalalariga aohida e`tibor qaratilgan.

Shuningdek, tranzit-transport, infratuzilma, savdo - iqtisodiy, investitsiyaviy, energetik va boshqa ko`plab muhim sohalarda qo`shma loyihalarni amalga oshirishda ham ikki tomonlama, ham ko`p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Yig`ilishda Afg`onistonda va Markaziy Osiyoda uzoq muddatli barqarorlikni ta`minlashda tinchlik, barqaror rivojlanish va xavfsizlik masalalari chambarchas bog`langani ta`kidlab o`tildi.

Qo`shma komissiyaning birinchi yig`ilishi yakunlariga ko`ra tegishli bayonnoma imzolandi.

Malumki, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Afg`oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani 2017 yil dekabrda Xavfsizlik masalalari bo`yicha O`zbekiston-Afg`oniston qo`shma komissiyasini tuzish haqida kelishib olishgan edi.

Eron prezidenti Hasan Ruhani O`zbekiston delegatsiyasini qabul qildi.

Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhani 10 fevral kuni Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O`zbekiston delegatsiyasini qabul qildi.

Bu xaqda O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Suhbat davomida mintaqaviy muammolar, xususan Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Afg`oniston inqirozini siyosiy hal qilish jarayonini boshlash uchun birgalikdagi xalqaro sa`y-harakat muhimligi qayd etildi.

Eron rahbari Afg`oniston bo`yicha xalqaro konferentsiya o`tkazishga doir O`zbekiston tashabbusini qo`llab quvvatladi.

Shuningdek, O`zbekiston va Eron prezidentlarining 2017- yil 10- sentyabrda Ostona shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai-nazaridan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama ham qilindi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa siyosiy va iqtisodiy masalalar ham muhokama qilindi.

O`zbekiston delegatsiyasi Shavkat Mirziyoevning Eron prezidenti Hasan Ruhani va Eron xalqiga samimiy tilaklarini etkazdi.

Malumki, O`zbekiston tashabbusi bilan Toshkentda mart oyida "Afg`oniston - tinchlikka yo`l" mavsusida xalqaro anjuman bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Anjumanga Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa İttiffoqi vakillari, Rossiya, Xitoy, Amerika , Hindiston, Eron, Pokiston,Qo'shma Shtatlari Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari taklif etiladi.    

O`zbekiston tomoni Tojikiston bilan temir yo`lni qayta tiklashga kirishdi.

Maxalliy matbuotning xabar qilishicha, O`zbekiston tomoni Tojikistonga olib boruvchi ilgari buzib tashlangan "G'alaba - Amuzang" temir yo`l tarmog`ini qayta tiklashga kirishdi.

Ushbu yo'lning qayta tiklanihsi natijasida O`zbekiston temir yo`llari Tojikiston janubi bilan bog`lanadi.

Xabar qilinishicha, O`zbek tomoni Tojikistonning Xatlon viloyati tomon yo`nalgan temir yo`llarni tiklashga kirishdi. Bu ishlar yaqin kunlarda nihoyasiga etkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu yo`nalish bo`yicha poezdlar mart oyining dastlabki o`n kunligida harakatlana boshlashi kutilmoqda.

Xabarga ko'ra, kelgusida ikki mamlakat poytaxtlari o`rtasida yo`lovchilar uchun temir yo`l reyslari tashkil qilish rejalashtirilmoqda.

Yanvar oyida O`zbekiston va Tojikiston vakillari O`zbekiston orqali Rossiyaga temir yo`l qatnovi ochish imkoniyatini muhokama qilgandi.

Malumki, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev mart oyining boshida Tojikistonga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda.

 

Abdulaziz Kamilov Pekinda Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.

O'tgan xaftada Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif bilan borgan O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi.

Bu xaqda O`zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning muhim masalalari, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyovning 2017 yil 11 - 13 maydagi davlat tashrifi va bu tashrif davomida Xitoy rahbariyati bilan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Suhbat chog`ida vazirlar "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli Afg`oniston bo`yicha bo`lajak konferentsiya kun tartibiga alohida e`tibor qaratishdi.

Malumki, konferentsiya O`zbekiston va Afg`onistonning qo`shma tashabbusiga ko`ra Toshkent shahrida o`tkaziladi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.

           

 


Tanlangan kalimalar: Xabarlar , So'ngi , O'zbekiston

Aloqador xabarlar