Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan ehson oshi berildi

Samarqandda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan ehson oshi berildi

30-yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan Samarqand shahrida ham qator tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqdaO‘zA.

Registon maydoni yaqinidagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatilgan xiyobonda viloyat jamoatchiligi vakillari, respublikaning turli hududlaridan kelgan mehmonlar jam bo‘ldi.

Samarqand viloyati hokimligi va jamoatchiligi, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan haykal poyiga gullar qo‘yildi.

“Mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchiligimiz asoschisi, bugungi obod va farovon hayotimiz bunyodkori Islom Karimov xalqimiz qalbida yashamoqda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida buyuk yo‘lboshchimiz nomini abadiylashtirish borasida olib borilayotgan ishlardan barcha yurtdoshlarimiz mamnun. Buni havo harorati sovuq bo‘lishiga qaramay bugun erta tongdan ushbu maydonga minglab odamlar gul ko‘tarib kelayotganidan ham bilish mumkin. Bu xalqimizning Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bo‘lgan hurmati, u kishidan minnatdorligining yorqin ifodasidir”, — deydi samarqandlik mehnat faxriysi F.Shokirova.

Viloyati hokimi Turob Jo‘rayev ham ishtirok etgan tadbirlar doirasida Samarqand shahri jamoatchiligi va mehmonlar uchun ehson oshi tortildi.

Tanlangan kalimalar: ehson oshi , tavallud , Islom Karimov

Aloqador xabarlar