Toshkentda O‘zbekiston – Turkiya ishbilarmon doiralarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Toshkentda 16-yanvar kuni Turkiyaning “Ziraat Bankasi A.S.” banki boshqaruvi raisi Huseyn Aydin boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida O‘zbekiston – Turkiya ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, "O‘zqurilishmateriallari" aksiyadorlik jamiyati, "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda rasmiy delegatsiya a’zolari, shuningdek, ikki mamlakatning qurilish, energetika, mashinasozlik, geologiya, oziq-ovqat, kimyo sanoati, farmatsevtika, sayyohlik kabi sohalari uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning joriy holati, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, transport-kommunikatsiya, turizm, qurilish va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Tanlangan kalimalar: O'zbekiston , Ziroat Bank , Turkiya

Aloqador xabarlar