Shavkat Mirziyoyevning viloyatlarga safar rejimi o‘zgardi

O‘zbekiston Prezidenti bir yil davomida shunday ishlash niyatida. Hokimlar, harbiy okruglarning qo‘mondonlari va boshqa mas’uliyatli shaxslar buni inobatga olishlari zarur.

Shavkat Mirziyoyevning viloyatlarga safar rejimi o‘zgardi

Shavkat Mirziyoyevning viloyatlarga safar rejimi o‘zgardi

Shavkat Mirziyoyev viloyatlarga uyushtirgan safarining birinchi kunida u yerdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan, ikkinchi kuni esa — mintaqaning harbiy-ma’muriy sohalaridagi vaziyatni diqqat bilan o‘rganib chiqadi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

O‘zbekiston Prezidenti bir yil davomida shunday ishlash niyatida. Hokimlar, harbiy okruglarning qo‘mondonlari va boshqa mas’uliyatli shaxslar buni inobatga olishlari zarur.

Ta’kidlash joizki, harbiy-ma’muriy sektorlar mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, armiya va xalqning birdamligini ta’minlash uchun yaratilgan. Ularning yordami bilan mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda mahalliy hokimiyatlarning roli yanada faol va ahamiyatli bo‘ladi.

 


Tanlangan kalimalar: Shavkat Mirziyoyev , Prezident , O'zbekiston

Aloqador xabarlar