Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 yanvar kuni AQShga safar qiladi

"Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 yanvar kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi",-deyilgan Oq uy bayonotida.

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 yanvar kuni AQShga safar qiladi

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 yanvar kuni AQShga rasmiy safar uyushtiradi.

Bu haqda Oq uydan yozma bayonot berildi.

“Nursulton Nazarboyev 16 yanvar kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Suhbat chog’ida AQSh-Qozog’iston munosabatlari va mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, Nazarboyevning AQShdagi rasmiy va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvi ko'zda tutilgan”,-deyiladi bayonotda.

“Prezidentlar mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik masalalari bo'yicha strategik sheriklikni mustahkamlash va kengaytirish yo'llarini muhokama qiladilar”,- deyilgan Oq uy bayonotida.

Qolaversa, BMT Xavfsizlik kengashiga raislikni zimmasiga olgan Qozog’istonning ayniqsa, Afg'oniston masalasini hal qilishdagi yetakchiligi hamda AQSh va Qozog’iston o’rtasidagi xavfsizlik siyosati kabi masalalar muhokama qilinadi.

Nursulton Nazarboyev tashrif doirasida BMT Xavfsizlik kengashi yig'ilishida ishtirok etadi.

Eslatma: noyabr oyida prezidentlar o’rtasida bo’lib o’tgan telefon orqali muloqotda Tramp Nazarboyevni AQShga taklif qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar