Ozarbayjonda turizm sohasidagi islohotlar o'z samarasini bermoqda

Ozarbayjonga 2017 yilda kelgan sayyohlar soni 2016 yilda kelgan sayyohlar soniga nisbatan 20% oshdi.

Ozarbayjonda turizm sohasidagi islohotlar o'z samarasini bermoqda

Ozarbayjonga 2017 yilda kelgan sayyohlar soni 2016 yilda kelgan sayyohlar soniga nisbatan 20% oshdi.

Bu esa 2 mln 692 ming sayyohni tashkil qiladi.

Dunyoda neft bahosi pasaygach, Ozarbayjon energiyadan boshqa sektorlarga sarmoya jalb qilishga kirishdi.

Bu jihatdan bir qator islohotlar amalga oshirilgan Ozarbayjonda dastlab turizm sohasida o’z natijasini bera boshladi.

Mamlakatdagi turizm salohiyatini tanitish maqsadida bir qator xalqaro faoliyatlarga mezbonlik qilgan Ozarbayjon o’tgan yili ko’rfaz davlatlari va boshqa ko’plab davlatlarga viza bo’yicha qulaylik yaratdi.

Bu kabi islohotlar Ozarbayjonga kelayotgan sayyohlar sonining ortishiga olib keldi.  

Ozarbayjon madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga ko’ra, 2017 yilda mamlakatga taxminan 2 mln 692 ming sayyoh keldi.

Bu raqam 2016 yilda mamlakatga kelgan sayyohlar sonining 20% oshganini ko’rsatadi.

2017 yilda Rossiyadan 853 ming, Gruziyadan 537 ming, Erondan 362 ming, Turkiyadan 301 ming, BAA 102 ming, Iroqdan 62 ming, Ukrainadan 57 ming, Saudiya Arabistonidan 33 ming va boshqa davlatlardan esa 381 mingdan ortiq sayyoh Ozarbayjonga tashrif buyurdi.

 


Tanlangan kalimalar: turist , sayyoh , turizm , Ozarbayjon

Aloqador xabarlar