O'zbekistondan xabarlar 2-qism

O'zbekistonda "Ipak yo`lida turizm" 23-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo'lib o'tdi.

O'zbekistondan xabarlar 2-qism

 

O'zbekistonda "Ipak yo`lida turizm" 23-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi bo'lib o'tdi.

Toshkentda o`tkazilgan navbatdagi xalqaro sayyohlik yarmarkasida Qozog`iston, Janubiy Koreya, Xitoy, Tayland, Misr, Singapur, Malayziya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya va Turkiya singari 32 mamlakatdan 50 dan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etdi.

O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va BMT Jahon Sayyohlik Tashkiloti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida mamlakat va xorijiy davlatlarning sayyohlik firma va kompaniyalari, mehmonxonalar mutaxassislari, diplomatik korpus va soha vakillari ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov, O`zbekistonda sayyohlik infratuzilmasi izchil rivojlanayotgani, ushbu sohaning yangi loyihalar va tarmoqlar hisobiga kengayib borayotgani, sayyohlarni jalb qilish uchun barcha sharoit yaratilganini alohida qayd etdi.

Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida yirik tarmoqli mehmonxona majmualari hamda xususiy otellar, sanatoriyalar, kurortlar, logistika va avtotransport kompaniyalari, temir yo`llar va aviatashuvchilar, turoperatorlar, turagentlar, turbiznes va boshqa sayyohlik xizmatlarining dasturiy ta`minotchilari, muzeylar hamda dam olish sanoati korxonalarining xizmatlari namoyish etildi.

Yarmarkada madaniy-tarixiy, biznes, sport va ekologik sayohatlar, xizmat ko`rsatish va servis sohasi, sog`lomlashtirish, gastronomik turizm kabi yo`nalishlarga oid bo`limlarda sayyohlik sanoatining barcha zamonaviy yo`nalishlari qamrab olindi.

Ko`rgazma milliy pavilonidan mamlakatimiz barcha hududlarining sayyohlik salohiyatini namoyish etuvchi taqdimot stendlari o`rin olgan. Ularda har bir viloyatning o`ziga xos milliy madaniyati, turizm imkoniyatlari namoyish etildi.

Yarmarka doirasida an`anaviy taom tayyorlash usullari namoyishi — "Ipak yo`li ta`mi" nomli milliy taomlar festivali o`tkazildi.

     

O`zbekiston – Rossiya qo'shma harbiy o`quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

O`zbekiston Respublikasi janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugining tog`-o`qchi bo`linmalari hamkorligidagi O'zbekistonning Jizzah vilotayidagi xarbiy poligonda maxsus taktik o`quv mashg'ulotlari yakunlandi.

Bu xaqida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mashg`ulotlarda ikki davlat harbiy xizmatchilari o`tish murakkab bo`lgan tog`li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo`q qilish bo`yicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirishdi.

Bugungi zamon jangining o`ziga xos xususiyatlari inobatga olingan va real harbiy harakatlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan mashqlarda birlashgan qo`mondonlik tomonidan qo`yilgan o`quv jangovar topshiriqlarini O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy Havo kuchlari va artilleriya bo`linmalari, O`zbekiston va Rossiya harbiy okruglarining tog'-o'qchi bo`linmalari bajardi.

Olingan razvedka ma`lumotlariga ko`ra, rejalashtirilgan harakatlar davomida shartli dushmanning moddiy ta`minot bazalari, texnika vositalari va boshqa kuchlari batamom yakson qilinib, garovga olinganlar ozod qilindi.

Tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi global tahdidlarga qarshi kurashish, murakkab tog` sharoitida noqonuniy qurollangan kuchlarni yo`q qilish bo`yicha o`tkazilgan hamkorlikdagi mashqlarning tantanali yopilish marosimida Rossiya Federatsiyasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o`rinbosari — janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni general-mayor Pavel Ergashev, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrug qo`mondonligi shtab boshlig`i o`rinbosari general-mayor Rustam Minnekaev ishtirok etdi.

Unda mazkur mashg'ulotlar muvaffaqiyatli yakunlangani e`tirof etildi. Aksilterror operatsiyasida qo`yilgan o`quv jangovar topshiriqilarni muvaffaqiyatli bajargan harbiy xizmatchilar taqdirlandi.

Rossiya Federatsiyasi harbiy xizmatchilari shuningdek Samarqand shahrida ham bo`lishib, shaxarning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.

 

O`zbekiston va Rossiya yaqin ikki yil ichida mahsulot ayirboshlash hajmini sanoat kooperatsiyasi hisobiga 8−10 milliard dollarga etkazishni mo`ljallamoqda.

O'tgan xaftada Toshkentda o`zbek-rus biznes-forumi bo`lib o`tdi. Biznes forumda ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari va davlat tashkilotlari raxbarlari ishtirok etdi.

O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari Nodir Otajonov forumni ochar ekan, avtomobilsozlik va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha sanoat kooperatsiyasidagi yuqori natijalarni qayd etib o`tdi.

Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov yarim yillik yakunlari bo`yicha Rossiya O`zbekiston tashqi savdo hamkorlari orasida birinchi o`ringa qaytganini ma`lum qildi.

Vazirning fikricha, ishlar uchta strategik yo`nalishda borishi lozim. Ulardan biri  mahsulot aylanmasi va yakuniy mahsulotlarni diversifikatsiya qilishdan iborat.

Forumda so'z olgan O`zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G`anyiev, O`zbekiston va Rossiyaning avtosanoat, qishloq xo`jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, to`qimachilik sanoati va farmatsevtikadagi sanoat kooperatsiyasi o`zaro savdo hajmini diversifikatsiya qilish va uning hajmini yaqin ikki yilda yiliga 8-10 milliard dollarga etkazishga imkon berishini takidladi.

G'aniyev, O`zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlarini etkazib berish bo`yicha "yashil koridor" faoliyati samaradorligini qayd etdi va uning etkazib berish hajmi 2017 yil yakunlari bo`yicha kutilayotgan 500 million dollar o`rniga yiliga 1 milliard dollarga qadar etishi mumkinligini malum qildi.

G'aniyev, shuningdek Rossiya tomoniga to`qimachilik mahsulotlarini etkazib berish bo`yicha ham “yashil koridor“ shakllantirishni taklif etar ekan, bu mazkur sektorda mahsulot aylanmasi hajmini 2018 yilda 700 million dollarga etkazishga imkon berishini takidladi.

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atamboev o'tgan haftada rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ldi.

Tashrif doirasida Ko`ksaroy qarorgoxida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg`iziston prezidenti Atamboyev o'rtasida tor doiradagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Shundan so'ng, Shavkat Mirziyoev va Almazbek Atamboev muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdi.

Muzokarada O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, sanoat, qishloq va suv xo`jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuv doirasida tomonlar turli sohalarda hamkorlik qilish to`g`risida 13ta hujjatni imzoladilar.

Oliy darajadagi uchrashuvdan so`ng Mirziyoyev va Atamboyev ommaviy axborot vositalari uchun bayonot berdi.

Atambaev, O`zbekiston rahbarining ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishi borasida amalga oshirgan tashabbuslari uchun Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirib, avvallari turli munozara, ziddiyat va qurolli to'qnashuvlar ro'y bergan O'zbekiston-Qirg'iziston chegarasining, bundan buyon do'stlik, qardoshlik va xamkorlik sarxadlari bolishini takidladi.

Atamboyev, ikki xalqning o'tmishda Qo'qon Xonligi davrida yagona davlat xududida yashaganligini va ajdodlarining birgalikda bu davlatning chegaralarını ximoya qilganligini eslatdi.

Mirziyoyev esa, ikki xalq o'rtasidagi munosabatlarini juda qadimga taqalishini aytar ekan, O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi mavjud muammolar, qanchalik jiddiy va ziddiyatli bo'lsa xam, dili, dini, tili va barcha narsasi bir bu ikki millatning o'rtasidagi bu muammolarni xal qilishlari kerakligini takidladi.

O`zbekiston rahbari mehmonga o`zbek tiliga tarjima qilingan ilk "Manas" kitobini tuhfa qildi va ikki davlat munosabatlarida echimi topilmagan masalalar qolmaganligini ta`kidladi.

Prezidentlar shuningdek, Toshkentda tashkil qilingan O`zbekiston va Qirg`iziston sanoat mahsulotlari ko`rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

        


Tanlangan kalimalar: Yangiliklar , Turizm , o'zbekiston

Aloqador xabarlar