Turk olamidan xabarlar 41-qism

Toshkentda O'zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari ishtirokida O'zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo'lib o'tdi.

Turk olamidan xabarlar 41-qism

 

Birinchi xabarimiz O’zbekistondan olingan.

Shu yilning 26 sentyabr kuni Toshkentda O'zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralarining "Hamkorlikning yangi imkoniyatlari" mavzusida II O'zbekiston-Rossiya biznes-forumi bo'lib o'tdi. Forumda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya savdo-sanoat palatasining vitse-prezidenti Vladimir Padalko boshchilik qildi. Rossiyaning 18 ta mintaqasi va 20 dan ko'proq sohasidan 40 ta kompaniya delegatsiya tarkibidan o’rin oldi.

Shuningdek, forumni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va O’zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G’aniyev boshqardi.

Forumda so’zga chiqqan Elyor G’aniyevning ma’ruzasida qayd etilganidek, bu yil O’zbekiston Rossiyaga eksport qilgan meva-sabzavot mahsulotlari hajmini 30%ga chiqardi. Bu ortishda O’zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilishda bojxona talablarini qulaylashtirishni ta’minlagan “yashil koridor” sistemasi juda katta ro’l o’ynaydi.

Elyor G’aniyev tomonlar o’rtasidagi savdo turini oshirish yo’li bilan ikki yil ichida Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi yillik tashqi savdo hajmini 8-10 mlrd dollarga chiqarish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

O’zbekiston yil oxirigacha Rossiyaga 500 mln dollar qiymatida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, amalga oshiriladigan mushtarak faoliyatlar natijasida O’zbekiston Rossiyaga eksport qilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining yillik hajmini 1 mlrd dollarga chiqarishni maqsad qilmoqda.

Forumda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ham so’zga chiqdi.

U so’zlagan ma’ruzasida, O'zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish Rossiyaning ko'plab mintaqalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ijobiy ta`sir ko’rsatishini aytib o’tdi.

Shuningdek, oxirgi paytlarda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar rivojlangani tufayli, yilning dastlabki yarmida Rossiya takror O’zbekistonning eng yaqin tijoriy hamkoriga aylandi.

Forum doirasida Rossiya va O'zbekiston savdo-sanoat palatalari tomonidan bir qancha sohada hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Taxminlarga ko’ra, O'zbekiston va Rossiya o'rtasida o'zaro savdo hajmi joriy yilda 5 mlrd dollarga yetishi mumkin.

2016 yilda ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasi 4,2 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Hozirda O'zbekiston kompaniyalari Rossiyaga avtomobilsozlik, meva-sabzavot, to'qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlari hamda qurilish materiallarini yetkazishni kengaytirishga tayyor.

O'zbekistonning asosiy import qilinuvchi mahsulotlari neft va neft mahsulotlari, metall va mashinasozlik mahsulotlari bo'lib hisoblanmoqda.

 

Navbatdagi xabarimiz Qozog’istondan olingan.

Qozog’iston informatsiya va xabarlashuv vaziri Dauren Abayev poytaxt Ostonadagi Kazmedia binosida o’tkazilgan Ostona media haftaligining ochilishiga qatnashdi.

Tadbirda ishtirok etgan kino mahsulotlari ishlab chiqarish shirkatlarining standlarini tomosha qilgan Abayev Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

U o’z intervyusida, mana shunday tadbirlar matbuot sohasidagi faoliyatlarni mintaqaviy va xalqaro miqyosga olib chiqishini tilga oldi.

“Qozog’istonda vakolatxonasi mavjud bo’lgan Turkiya davlat teleradiokompaniyasi TRT va Anadolu axborot agentligining ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish jihatidan ko’prik vazifasini o’tashiga ishonaman”,-deydi Dauren Abayev.

Qozog’iston bilan Turkiya o’rtasida matbuot sohasidagi aloqalarga to’xtalgan Abayev: “Turkiya davlat televideniyesi va axborot agentliklari bilan hamkorlikka hamisha tayyormiz”,-dedi.

Ostonada bo’lib o’tayotgan Media haftaligiga mahalliy va xorijlik ko’plab televizion kanallari bilan bir qatorda, 90dan ortiq kino mahsulotlari ishlab chiqarish shirkatlari ishtirok etmoqda.

 

Dasturimizni madaniyat xabari bilan yakunlamoqchimiz.

Turkiyaning do’st va qardosh davlatlar Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Belorus, Gruziya, Moldova va Ukraina bilan bo’lgan munosabatlarning 25 yilligi poytaxt Ankarada keng nishonlandi.

“Ankara Palas” mehmonxonasida bo’lib o’tgan kechada Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, TURKSOY direktori prof. Dusen Kaseinov, 1992 yili sobiq sovet ittifoqidan ajralib, mustaqillikni qo’lga kiritgan turkiy davlatlarning elchilari, diplomatlar va boshqa davlatlardan ko’plab vakillar ishtirok etdi.

Tadbirda TURKSOY direktori prof. Dusen Kaseinovga turk tili, madaniyati va san’atini davom ettirishga qo’shgan hissalari tufayli Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan “Ustun xizmat mukofoti” topshirildi.

Tadbirda so’zga chiqqan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li turk madaniyatini davom ettirish va kelgusi nasllarga yetkazish mas’uliyatini zimmasiga olgan TURKSOYni 25 yildan beri boshqarib kelayotgan prof. Dusen Kaseinovga turk dunyosiga qo’shgan hissalari va ko’rsatgan ustun xizmatlari tufayli minnatdorchilik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: Ozarbayjon , Qozog'iston , Rossiya , O'zbekiston , Toshkent

Aloqador xabarlar