Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 40-qism

Avval ham xabar qilganimizdek Qozog’iston bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo qabul qilish arafasida. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi bo’limida Qozog’istonning huddi mana shu jarayoni haqida so’z qilaylik.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 40-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

Qozog’istonning lotin yozuviga asoslangan yangi alifbo qabul qilish jarayonidagi kerakli faoliyatlari davom etmoqda. Bu faoliyatlar natijasida qanday alifboning qabul qilinishi Yevroosiyoda ham, Turk dunyosida ham katta qiziqish bilan kutilmoqda. Men lingvist emasman lekin xalqaro munosabatlar sohasida ham alifbolarning bir xalq taqdirida qanchalik muhim rol o’ynashligini yaxshi bilaman.  

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev lotin alifbosiga o’tish to’g’risidagi eng aniq bayonotni 2012-yilda chop etilgan “2050-yilgi strategiya hujjati”da bildirgan. Aniq o’tish uchun esa 2025-yilni mo’ljallagan. Shunga ko’ra 2018-yilgi ta’lim va tarbiya sohasida lotin alifbosiga o’tishni boshlab, bu jarayonning 2025-yili yakunlanishi rejalashtirilgan. Iqtisodiy jihatdan alifboning o’zgartirilishi uchun 600 million tenge yani taxminan 1 million 800 ming AQSh dollari kabi mablag’ ajratilgan.

Turk tillari uchun lotin yozuviga asoslangan alifbo yangilik emas albatta. Codex Cumanicus (Kuman kitobi) 14. asrning boshlarida turk tilining qipchoq dialektida, lotin alifbosida yozilgan. Turkiya Respublikasi 1928-yili lotin alifbosini qabul qilgan. Sovet ittifoqining tarqashi ortidan 1991-yili Ozarbayjon bilan Turkmaniston, 2001-yili esa O’zbekiston ham lotin alifbosiga o’tgan.

Agar yaqin tarixiy jarayonga nazar tashlagudek bo’lsak unda, 1926-yili Bokudagi Turkologiya qurultoyida qabul qilingan qarorlar natijasida, Turk dunyosida lotin alifbosiga o’tish jarayonining boshlatilganligining guvohi bo’lamiz. Turkiya 1928-yili lotin alifbosiga o’tgan bo’lsa, buning eng asosiy maqsadlaridan biri ham bu jarayonga doxil bo’lish desak mubolag’a bo’lmaydi. Lotin alifbosi butun turk xalqlari uchun o’rtoq alifbo sifatida rasmiylashganidan keyin Sovet ittifoqi bu vaziyatdan bezovta ekanligini qayd eta boshladi. Sovet ittifoqi Markaziy ijroiya qo’mitasi 1935-yilning iyun oyida lotin alifbosiga o’tishning katta hato ekanligini, bundan Yangi alifbo qo’mitasining ham javobgar ekanligini bildirdi. Bu vaziyat turk dunyosining lotin alifbosiga o’tish jarayonidagi muammoning boshlang’ichi bo’ldi. Muammo esa, sovuq urush yillarida turk dunyosi uchun yo’lga qoyilgan va kiril yozuviga asoslangan on sakkiz turdagi yangi alifboning qabul qilinishi bilan hal qilindi.      

Qozog’istondagi lotin alifbosiga o’tish jarayonida lingvistlar o’z faoliyatlari natijasini parlamentga taqdim etdi. Amaldagi 42 harfdan iborat bo’lgan kiril yozuvi asosidagi qozoq alifbosi lotin alifbosi asosida parlamentga, 25 ta harf bilan, kamaytirilgan holda taqdim etildi. Lekin qozoqchadagi sakkizta tovushga atab to’rtta harflar birikmasi belgilab olindi. O’mer Halisdemir nomidagi universitet tadqiqotchisi Turgay Dug’unning fikriga ko’ra bu vaziyat alifbodagi harf sonini kamaytirish uchun belgilab olingan bo’lishi mumkin lekin ayni vaqtda qozoqcha yozish va o’qishni ham murakkablashtirish ehtimoli bor. Yangi alifbo joriy etilar ekan bitta tovush uchun bitta harf belgilab olish prensibi bilan birga, boshqa qardosh turk xalqlariga bo’lgan yaqinlik yoki yaqinlashish ham nazarda tutilishi muhim albatta. Buning uchun Turkiya va Ozarbayjon turkchasidagi tovushlar bilan bir xil bo’lgan qozoqcha tovushlar uchun ham bu alifbolardagi harflarning bir xilini belgilab olishlik mumkin.      

Albatta bu jarayonning siyosiy jihati ham bor. Rossiyaning, rus tilida so’zlashilgan hududlarga qaratilgan qiziqishi jiddiydir. Shunday ekan Rossiya tabiiy olaroq Qozog’istonning kiril alifbosini tark etishini xohlamaydi. Bunga to’siqlik qilish uchun ehtimol, e’tiroz manzmunidagi faoliyatlar olib boradi. Umid qilamizki Rossiya qozoq xalqining bu erkin irodasini to’g’ri qabul qiladi.  

Bu jihatdan qaraganimizda qaysi alifboni tanlab olishlik ham Qozog’iston uchun siyosiy qarordir. Qozog’iston umrbot Rossiya bilan birga tilga olinadimi yoki bir bo’lagi hisoblangan turk dunyosi va g’arb xalqlari bilanmi? Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston lotin yozuviga asoslangan amaldagi alifbolarini qabul qildi. Qirg’isitonning ham bu yo’lda o’z rejasi bor. Shunday ekan Qozog’iston ham turk dunyosining yirik qismidan ajralib qolmasligi darkor.

Qozog’istonning lotin alifbosini qabul qilishi, mamlakatning manaviy va madaniy jihatidan tarixiy muhim davr hisoblanadi. Tarixiy rivoji, madaniyati va geografik hududi bilan birga til ham har doim bir xalqning, bir davlatning asosiy birlashma nuqtasi bo’lib kelgan. Bu yo’lda Qozog’iston o’z mustaqilligini e’lon qilgan birinchi kundan beri Prezident Nursulton Nazarboyevning qozoq tilining rivoji uchun katta ahamiyat berganligini kuzatib kelmoqdamiz.  

Qozog’iston lotin alifbosiga o’tish bilan birga g’arb madaniyatiga yana-da yaqinlashadi. Shuningdek lotin alifbosiga o’tgan boshqa Turk Respublikalari bilan bo’lgan o’zining ilmiy va madaniy munosabatlariga ham ijobiy hissa qo’shadi. Turk dunyosining oq saqoli, oqil rahbar Nursultan Nazarboyev yetakchiligida Qozog’istonning lotin alifbosiga o’tishini, Qozog’istonning dunyoning rivojlangan mamlakatlari ro’yhatida o’z o’rnini mustaqil qilish maqsadini va Turk dunyosida madaniy birlik tashkil etish istagini mamlakatning barqarorlik yo’lida tashlagan shaxdam qadamlaridan biri deb baholasak mubolag’a bo’lmaydi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.



Aloqador xabarlar