Saudiya Arabistonida birinchi marotaba xotin-qizlar ishtirokida marafon uyushtirildi

Saudiya Arabistonining al-Ahsa viloyatida birinchi marotaba xotin-qizlarning ham ishtirokida marafon uyushtirildi.

Saudiya Arabistonida birinchi marotaba xotin-qizlar ishtirokida marafon uyushtirildi

Saudiya Arabistonining al-Ahsa viloyatida birinchi marotaba xotin-qizlarning ham ishtirokida marafon uyushtirildi.

Mazkur marafonda turli kategoriyalarda musobaqalar uyushtirilar ekan ishtirokchilarning qiziqishi katta edi.

Marafonda birinchi marotaba ishtirok etayotgan xotin-qizlar uchun “hijob” qiyish sharti qo’yildi.

Marafon doirasida xotin-qizlar o’rtasida uyushtirilgan 3 kilometrga yugurishda Muzne an-Nassar, dunyoning turli davlatlaridan kelib ishtirok etgan 1500 nafar ayolni ortda qoldirib, birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.  

Keksalar kategoriyasida Muhammad ad-Dusariy, professionallar kategoriyasida esa Husayin Jeman birinchi o’ringa ega bo’ldi.

Havaskor sportchilar kategosiyasida uyushtirilgan 5 kilometrlik musobaqani tanaffussiz tamomlagan nogiron Husayin Huveykimga esa mukofat topshirildi.

Huveykim matbuotga bergan bayonotida, keyingi marafonda nogironlar uchun alohida musobaqa uyushtirilishini talab qildi.

 


Tanlangan kalimalar: marafon , xotin-qizlar , Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar