Istanbulda atoqli qirg'iz adibi Chingiz Aytmatovning haykali bunyod etildi

1. |

1.

Turkiyaning Istanbul shahrida qirg‘iz xalqining atoqli adibi Chingiz Aytmatov tavalludining 89 yilligi munosabati bilan xotira kechasi o'tkazildi.

Tadbir doirasida atoqli qirg'iz yozuvchi Chingiz Aytmatovning haykali ochildi.

Haykal poyiga yozuvchining taniqli asarlari nomi yozilgan.

Chingiz Aytmatov betakror ijodi bilan O‘zbekiston-Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan.

Adibning badiiy publitsistik asarlari o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilingan.

Xususan, Chingiz Aytmatovning "Yuzma-yuz", "Jamila", "Sarviqomat dilbarim", "Bo‘tako‘z", "Birinchi muallim", "Momo yer", "Somon yo‘li", "Alvido, ey Gulsari", "Oq kema", "Dengiz yoqalab chopayotgan olapar", "Asrga tatigulik kun", "Qiyomat" kabi ijod namunalari o‘zbek kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan. 

 

 


Tanlangan kalimalar: qirg'iz yozuvchi , yozuvchi , Chingiz Aytmatov , Istanbul , Turkiya