Matbuot sharhlari 14.02.2018

Bugungi turk matbuotidan olingan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot sharhlari 14.02.2018

Sabah gazetasi: Bosh vazir Binali Yildirim: “Bu gal qochib qutilolmaysiz” dedi. Turkiyaning Erzinjan viloyatida xalqqa xitob etgan Bosh vazir Binali Yildirim Amerika Qo’shma Shtatlarining YPG terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashi masalasiga qattiq e’tiroz bildirar ekan, “Bu ish siz o’ylaganday qulay emas, bu gal qochib qutilolmaysiz” dedi.

Vatan gazetasi: “NATO Bosh kotibi Turkiya haqida muhim bayonot berdi”. NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Turk Qurolli kuchlarining Suriyaning Afrin mintaqasidagi “Zaytun novdasi” amaliyoti masalasiga to’xtalar ekan Bosh kotib bu haqida, “Turkiyaning xavfsizlik haqidagi tashvishlarini tushinib turibmiz. NATO tarkibidagi hech qaysi davlat Turkiyachalik terror hujumiga ma’ruz qolmadi. Shunday ekan Turkiya bu tashvishlarini bartaraf qilish huquqiga egadir” deya gapirdi.

Haber Turk gazetasi: Shimshek: “Yirik firmalarni o’z ichiga olgan chet el valyutasi ustidan qarz olish tartib-qoidasi iyun oyigacha tamomlanadi”. Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek yirik firmalarni o’z ichiga oladigan chet el valyutasi ustidan qarz olish tartib-qoidasi iyun oyigacha tamomlanishini qayd etdi. Bloombergga intervyu bergan Shimshek,Yagona g’azna hisobvarag’idagi o’zgarishlarning esa iqtisodiy bosim yuzasidan emasligini ma’lum qildi.

Star gazetasi: Turk ishbilarmonlari Sudanda turizm shahri barpo etadi. Adolat va taraqqiyot partiyasi nomidan Denizli viloyat kengashi deputati Shahin Tin, turk ishbilarmonlarining Sudanning Qizil dengiz viloyatida turizm shahri barpo etajagini qayd etdi. Qizil dengiz shahar hokimi bilan shu haqida olib borilgan uchrashuv yakunida, Port-Sudan mintaqasida, 10 ming kishining istiqomat qilishiga mo’ljallangan turizm shahri barpo etilajagi haqida qaror qabul qilindi. Mazkur shahar Sudanda birinchi shahar bo’lish hususiyatiga ega. Chunki bu shahar zamonaviy talablarga javob bera oladigan bo’lib, Sudanni dunyoga tanishtiradi. Ko’rinishi, tuzilishi turk arxitektor va injinerlari tomonidan qo’lga olinadi. Loyiha qariyb 250 million dollarlik investitsiya desak mubolag’a bo’lmaydi.  

Hurriyet gazetasi: Inqirozga quloq solmadi. Germaniyadan Turkiyaga yozgi dam olish uchun ajratilgan o’rinlar yangi yildan beri o’tgan yilga qaraganda 50 foizga ortdi. Sayyoh sonining o’tgan yilga qaraganda bu yil yana-da ko’proq bo’lishini kutganliklarini ta’kidlagan Joshan, Turkiyaning Germaniya bozoriga qaytganligini qayd etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar