Matbuot sharhlari 12.01.2018

Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdo'g'an, "Suriyaning shimolida davlat qurmoqchi bo'lganlar maqsadiga erishmaydi" dedi.

Matbuot sharhlari 12.01.2018

Xabar Turk gazetasi: Prezident Erd'g'anning "Shimoliy Suriyada davlat qurmoqchi bo'lganlar maqsadiga erisha olmaydi" deganini chop etmoqda.

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'an, Prezidentlik Kulliyasida o'tkazilgan 43. Komitetlar yig'ilishida so'zladi. Erdo'g'an, Suriyaning shimolidagi o'zgarishlar haqqida, "Hozirgi kunda Shimoliy Suriyada terror koridori yaratmoqchi bo'lganlar bor. U yerlar bizlar ucuhn muhim. Shuning uchun u yerlarda davlat qurmoqchi bo'lganlar maqsadiga yetmaydi" deb so'zladi.

Sabah gazetasi: "Erdo'g'an bilan Merkel uchrashadi" deb chop etmoqda.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevjud Chavushog'lu, prezident Rejep Tayyib Erdo'g'anning, Germaniyada hukumat tashkil topgandan keyin, Angele Merkl bilan uchrashuv o'tkazishni istaganini izohladi. Germaniyada nemis jurnalistlarning savollariga javob bergan Mevlud Chavushog'lu, prezident Erdo'g'anning Merkelni taklif qilishini yohud Erdo'g'anning Germaniyaga tashrif buyurishini ifoda etdi.

Star gazetasi: "Yevropa Ittifoqi, Turkiya bilan aloqalarni tiklashi kerak" deb chop etmoqda.

Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov, Yevropa Ittifoqi (IY) kengashining 6 oylik davr rahbarligi chog'ida Turkiya bilan aloqalarni tiklash uchun g'ayrat qilishini bildirib, "YIning, Turkiya bilan aloqalarni tiklash uchun g'ayrat qilishi kerakligini" izohladi. Borisov, Turkiyaning qator YI davlatlari ham joy olgan NATO a'zosi sifatida muhim va Yaqin Sharqda emigratsiya nazoratida katta rol o'ynagan davlat ekanligiga diqqat qaratdi.

Hurriyat gazetasi: "Qurilishinig 88 % yakunlani! yo'lovchilik 9 soatdan 3,5 soatgacha tushadi" deb chop etmoqda.

Istanbul bilan Izmir o'rtasida 9 soatdan 3.5 soatga tushiradigan Gebze-Orhangazi-Izmir avto yo'lagining 88 % nihoyasiga yetdi. Loyiha doirasida 36 ta viadukt orqali Gebze-Bursa orasida 12, Susurlik-Kirkag'ach orasi 3, Kemalpasha chorrahasi-Izmir orasida 2 bo'lib jami 17 tasing qurilishi nihoyasiga yetdi. Faoliyatlar nihoyasiga yetganda yo'lak 36 viadukt, 3 ta tunel, 20 ta nazorat nuqtasi, 25 chorraha, 6 avtoyo'lak menejementlik markazi, 3 ta  tunel sozlash va menejementlik markazi bilan vizmarga o'tadi.

Yeni Shafak gazetasi: "Ushak viloyatida yangi bir hasharot turi topildi" deb chop etmoqda.

Turkiyaning Ushak viloyatida, dalalarda tekshiruvlar olib borgan qishloq xo'nalik muhandisi Erdal Zengin, yangi bir hasharot turi topdi. Torymidae oilasidan bo'lgan sariq ranglik, 1.88 mm. qizil ko'zli hasharot Ushak tumaniga xos "Megastigmus usakensis" deb nomlantirildi. Birinchi marta uchratgan hasharotni suratga olgan Entomologiya sohasida 45 yildan beri xizmat qilib kelgan Professor Dr. Miktat Dog'anlarga yuborgan Erdal Zengin, olib borgan faoliyatlardan keyin yangi bir tur topganliklarini izohladi.


Tanlangan kalimalar: matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar