Matbuot sharhlari 13.10.2017

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an dunyoning endi, kuchli Turkiyani qabul qilishi kerakligini ifoda etdi.

Matbuot sharhlari 13.10.2017

Star gazetasi, "Erdo'g'an g'arb davlatlariga 'kuchli Turkiyaga o'rganasizlar" deganini xabar qilmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Kulliyada "Gubernatorlar yig'ilishi"da so'zlagan nutqida, boshda Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) bo'lib dunyoga hitob qildi. Turkiyaning har tomonlama rivojlanganini ifoda etgan Erdo'g'an, "viziyasi bo'lgan kuchli bir Turkiyani ko'ra olmaydilar. O'lkamiz kelgan bu nuqtani qizg'anadilar" deb ifoda etdi. Erdo'g'an, AQSh bilan Turkiya o'rtasida viza taranglining bunga namuna bo'lganini izohladi. Erdo'g'an, Turkiyaning endi hech kimga muhtoj bo'lmaganini ham bildirdi.

Xabar Turk gazetasi,  "Mahalliy qurollar Amerika qurollaridan sifatli" deb yozmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning "Bizning tashkilotlarimiz bundan keyin Sig Saur degan qurolni ishlatmaydi. Biz undam ham yaxshilarini ishlab chiqarayapmiz. Bunlardan Milliy Piyoda Miltig'i (MPM-76) dunyodagi boshqa miltiqlardan ham ustun xususiyatlarga ega ishlab chiqarildi" dedi.

Sabah gazetasi, "AQSh konsulligida ishlagan kishining FETO bilan aloqada bo'lganining hujjatlari" deb yoritmoqda.

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) favqulodda elchisi John Bass uyushtirgan matbuot anjumanida AQShning Istanbul konsullgida ishlagan kishining, FETO a'zolari bilan aloqada bo'lgani haqida bir dalil bo'lmaganini bildirgan edi. Sabah gazetasi, qo'lga olingan kishining FETO a'zolari bilan aloqada bo'lgani haqida hujjatlarni topib chiqardi. Ushbu dalillar telefon suhbatidan tashkil topmoqda. Qaytlarda shpionlik qilgan kishining qaysi tarixlarda FETO a'zolari bilan ko'rishgani ochiq bildirilmoqda. Endi esa FETO a'zolari bilan nima gapirgani maroq etilmoqda.

Yeni Shafak gazetasi, "Turkiya Idlibda xavfsiz hudud vujudga keltirish uchun faoliyatga o'tdi" deb yozmoqda.

Maxsus brigadaning faoliyatlarini yakunlashi bilan askarlar Idlibga o'tdi. Kirish Turkiya vaqti bilan 23:05 da boshladi. 8 tank, 50 zirhlangan vosita va 200 nafar Turk askari Suriyaning Kefer Lusin hududidan kirdi. Daret Iza qishlog'ga borib yetgan harbiy karvon, strategik ahamiyatga ega Bereket Tepaliklarga bo'lgani bildirildi. Qurolli uchuvchisiz havo vositalari ham karvonni havodan kuzatib dastakladi. Harbiy vositalar o'tgan hududlardagi xalq, Turk askariga sevgi izhor etdi.


Tanlangan kalimalar: matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar