Gollandiyada turk millatiga mansub ofitser Akram Karadeniz qahramonlik mukofotiga loyiq deb topildi

Gollandiya armiyasi quruqlik kuchlarida xizmat qilgan 44 yoshdagi kapitan Akram Karadeniz 2017 yilning 15 mart kuni sodir bo’lgan yong’inda qo’shnilarining hayotini saqlab qolgan edi.

ekrem karadeniz odul1.jpg

Gollandiya poytaxti Amsterdamda o’tgan yili qo’shnilarini yong’indan qutqarib qolgan turk millatiga mansub ofitser Akram Karadeniz qahramonlik mukofotiga loyiq deb topildi.

Gollandiya armiyasi quruqlik kuchlarida xizmat qilgan 44 yoshdagi kapitan Akram Karadeniz 2017 yilning 15 mart kuni sodir bo’lgan yong’inda qo’shnilarining hayotini saqlab qolgan edi.

U tez yordam kelgunicha qo’shnilarining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo’lgan. Shu munosabat bilan u “Carnegie” qahramonlar jamiyati tomonidan taqdirlandi.

Qahramonlik mukofoti Amsterdam hokimi Femke Halsema tomonidan Akram Karadenizga taqdim etildi.

Gollandiyada tug’ilgan Akram Karadeniz uzoq yillar mobaynida Gollandiya qurolli kuchlarida xizmat qilib keladi. Bu mukofot uning birinchi mukofoti emas. Bundan oldin ham u olti nafar medal olgan.

“Qahramonlik ordeniga loyiq bo’lish albatta insonga g’urur beradi. Buni eshitganimda juda hursand bo’ldim, lekin menimcha asl qahramonlar terror hujumlarida oilasidan judo bo’lgach, buning azobini qalbiga ko’mib, takror hayot uchun kurashayotgan ota-onalar va farzandlardir. Men faqatgina insonlik burchimni ado etdim xalos",-deydi Akram Karadeniz.

Voqeadan bir-ikki kun o’tgach, Amsterdam xavfsizlik boshqarmasi uni bu jasorati bilan tabriklaganligini aytgan Karadeniz, so’ngra boshqarmaga chaqirilib, sovg’a va gul taqdim etilganligini ta’kidladi.

 

 



Aloqador xabarlar