Turkiya Maorif jamg’armasi Afg’onistonda ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo'shadi

Turkiya Maorif jamg’armasi Afg’onistondagi ta’lim faoliyatlarini tezlashtirish uchun Afg’oniston iqtisodiyot vazirligidan rasman ruxsatnoma oldi.

Afg’oniston iqtisodiyot vazirligida ushbu ruxsatnomani topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Marosimda Maorif jamg’armasining Afg’onistondagi vakolatxonasi rahbariyati bilan iqtisodiyot vazirligidan bir qator xodimlar ishtirok etdi.

Marosimda so’zga chiqqan Maorif jamg’armasining Afg’onistondagi vakolatxonasi rahbari Mujip Uludag’ Maorif jamg’armasi sifatida Afg’onistondagi ta’lim tizimini rivojlantirish uchun katta g’ayrat ko’rsatishini ma’lum qildi.

Maorif jamg’armasining maqsadi butun dunyoda yetuk, ziyoli insonlarni yetishtirish ekanligini tilga olgan Uludag’ ta’limda insoniyatning mushtarak qadriyatlari asos qilib olinganligiga e’tibor qaratdi.

“Maorif jamg’armasi Afg’onistondagi ta’lim sifatini oshirish va hajmini kengaytirish maqsadida ko’plab loyihalarni rejalashtirgan. Jamg’arma Afg’onistondagi barcha tabaqaga nisbatan teng munosabatda bo’ladi. Hech bir millatni bir-biridan ajratmasdan barchaga teng bo’ladi”,-dedi Maorif jamg’armasining Afg’onistondagi vakolatxonasi rahbari Mujip Uludag’.

Aloqador xabarlar