Buyuk Britaniyadagi Kembridj Universitetida turk tili o’qitila boshladi

“British Council” faoliyatlariga ko’ra, turk tili kelgusi 20 yil ichida dunyoda ommalashgan 10 til orasidan joy oladi.

Buyuk Britaniyadagi Kembridj Universitetida turk tili o’qitila boshladi

Dunyodagi eng mashhur oliygohlardan biri bo’lgan Buyuk Britaniyadagi Kembridj Universitetida turk tili o’qitila boshladi.

Aytish joizki, universitet qoshidagi til markazida turk tilining o’rgatilishida Londondagi Yunus Emre institutining xizmatlari beqiyos.

Londondagi Yunus Emre instituti direktori Mehmet Karakush dovrug’i dunyoga doston bo’lgan Kembridj Universitetida turk tilining o’qitilishi juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, boshqa universitetlarda ham turk tilini o’rgatish maqsadida bir qator reja ishlab chiqildi.

Avvalgi yillarda amalga oshirilgan bir faoliyat turk tilining qanchalik ahamiyatli ekanligini namoyon qilgandi.

“British Council” faoliyatlariga ko’ra, turk tili kelgusi 20 yil ichida dunyoda ommalashgan 10 til orasidan joy oladi.

 

 



Aloqador xabarlar