Turkiya Berlindagi Xalqaro Turizm yarmarkasida, “Troyan oti” bilan ishtirok etadi

Turkiya Berlinda o’tkaziladigan Xalqaro Turizm yarmarkasida, “Troyan oti” bilan ishtirok etadi.

Turkiya Berlindagi Xalqaro Turizm yarmarkasida, “Troyan oti” bilan ishtirok etadi

Turkiya Berlinda o’tkaziladigan navbatdagi Xalqaro Turizm yarmarkasida, “Troyan oti” bilan ishtirok etadi.  

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra, Germaniya poytaxti Berlinda uyushtiriladigan mazkur yarmarkada 7-mart kuni Turkiyani tanitish uchun Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush ham ishtirok etadi.

Yarmarkada Turkiya BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkiloti YUNESKOning Dunyo merosi ro’yhatidagi madaniy qadriyatlarini tanishtirar ekan bu doirada “2018-yil Troyan yili” va “Turk Dunyosi Madaniyat poytaxti” deb e’lon qilingan mamlakatning Kastamonu shahri bilan chiqish qiladi.

Yarmarkadagi 3 ming 79 kvadrat metrlik Turkiya stendida Turk havo yo’llari bilan birga roppa-rosa 20 ta sayohat agentligi, 50 ta mehmonxona, 20 ta xokimiyat, 40 ta ittifoq, jamg’arma, munitsipalitet va rivojlanish agentligi o’rin oladi.  

Shuningdek yarmarkadagi turk stendida “san’atkor mahallasi” ham tashkil etilib unda, turli qo’l san’ati o’rnaklari namoyon etiladi.

Turkiyani Germaniya bozorlarida faol ravishda tanitish uchun yarmarka doirasida uyushtirladigan xususiy tadbirda, “Turkiyaning turizmdagi yangi nigohi” va “Troia antik shahri” panellari bilan ishtirok etadigan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi esa stendga tashrif buyurgan barchaga, milliy turk taomlari taqdim etadi.

Berlinda o’tkaziladigan yarmarka 7-martdan 11-martgacha davom etadi.

 

 



Aloqador xabarlar