Turkiyada 2017 yili eksport hajmi 2016 yilga nisbatan 10.22% oshdi

2017 yilda eksport 2016 yilga nisbatan 10.22% oshgan holda, 142 mlrd 532 mln dollardan 157 mlrd 94 mln dollarga yetdi.

Turkiyada 2017 yili eksport hajmi 2016 yilga nisbatan 10.22% oshdi

 

Turkiyaning tashqi savdo darajasi 2017 yilda Respublika tarixining eng yuqori ko'rsatgichiga erishdi.

Bojxona va savdo vazirligi dekabr oyiga doir tashqi savdo ma'lumotlarini e'lon qildi.

Bunga ko'ra, 2017 yilda eksport 2016 yilga nisbatan 10.22% oshgan holda 142 mlrd 532 mln dollardan 157 mlrd 94 mln dollarga yetdi.

Dekabr oyida eksport 2016 yilning dekabr oyiga nisbatan 8.59% oshdi.

Ushbu davrda eksport 12 mlrd 783 mln dollardan 13 mlrd 881 mln dollarga yetdi.

Dekabrda tashqi savdo hajmi 2016 yilning dekabr oyiga nisbatan 19.85% oshgan holda, 31 mlrd 151 mln dollardan 37 mlrd 334 mln dollarga yetdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: eksport , iqtisodiyot , tashqi savdo , Turkiya

Aloqador xabarlar