Qozog’iston Xitoyga yilda 5 mlrd kub metr tabiiy gaz eksport qiladi

Eksport shartnomasi “PetroChina” va “Kaztransgaz” o’rtasida imzolangan.

Qozog’iston Xitoyga yilda 5 mlrd kub metr tabiiy gaz eksport qiladi

Qozog’iston Xitoyga yilda 5 mlrd kub metr tabiiy gaz eksport qiladi.

Qozog’iston “Kaztransgaz” milliy tabiiy gaz kompaniyasining yozma izohiga ko’ra, tabiiy gaz eksporti shu yilning 15 oktyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan.

Eksport shartnomasi “PetroChina” va “Kaztransgaz” o’rtasida imzolangan.

“Qozog’iston bilan Xitoy o’rtasidagi tarixiy shartnoma asosida amalga oshirilgan eksportdan tushgan daromad 1 mlrd dollar atrofida bo’lishi kutilmoqda”,-deyiladi izohda.

Qozog’istonning g’arbida joylashgan ma’dan konlari bilan “Kaztransgaz”ning yer osti tabiiy gaz omborlash muassasalaridagi zahiralardan ishlab chiqiladigan tabiiy gaz Xitoyning Horgos chegara punktidan qabul qilib olinadi.


Tanlangan kalimalar: Kaztransgaz , tabiiy gaz , eksport , Xitoy , Qozog'iston

Aloqador xabarlar