Afg’onistonning Nangarhar viloyatida portlash ro'y berdi

Afg’onistonning Nangarhar viloyatida yo’l chekkasiga joylashtirilgan bombaning portlashi oqibatida 11 kishi halok bo’ldi.

Afg’onistonning Nangarhar viloyatida portlash ro'y berdi

Afg’onistonning Nangarhar viloyatida yo’l chekkasiga joylashtirilgan bombaning portlashi oqibatida 11 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Nangarhar hokimligi vakili Ataulloh Hogyani ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, bu voqea Nangarhar viloyatiga qarashli Maklani hududida ro’y bergan. Yo’l chekkasiga joylashtirilgan bomba insonlarga to’la transport o’tib ketayotgan paytda portlagan.

Voqea joyida 11 kishi halok bo’lgan.

Portlash kimlar tomonidan sodir etilgani ma’lum emas.


Tanlangan kalimalar: Nangarhar , portlash , Afg'oniston

Aloqador xabarlar