Bugun Afg’onistonda parlament saylovlari bo’lib o’tmoqda

Bugun, 21 oktyabr yakshanba kuni 400ga yaqin saylov uchastkasi shanba kuni ovoz berolmagan saylovchilar uchun takror ochildi.

Bugun Afg’onistonda parlament saylovlari bo’lib o’tmoqda

Afg’onistonda bugun parlament saylovlari bo’lib o’tmoqda.

Bugun, 21 oktyabr yakshanba kuni 400ga yaqin saylov uchastkasi shanba kuni ovoz berolmagan saylovchilar uchun takror ochildi.

Mustaqil saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, mamlakat miqyosida 14 viloyatda kecha farqli sabablarga ko’ra yopiq bo’lgan taxminan 400 saylov uchastkasida bugun xalq nomzodlar uchun ovoz bermoqda.

8 mln 800 ming saylovchi mavjud bo’lgan mamlakatda quyi palatadagi 249 o'ringa 2558 kishi nomzodini qo'ygan. 

Ularning 205 nafari 26 ta siyosiy partiyadan ko'rsatilgan bo'lsa, qolganlar mustaqil nomzodlardir.

Saylovlarning dastlabki natijalari noyabrning birinchi o'n kunligida, yakuniy natijalari esa 20 dekabrda e’lon qilinadi.

Eslatma: Kecha oqshom poytaxt Qobuldagi saylov uchastkalarida bir nechta portlashlar yuz berdi. Portlashlarda 15 kishi halok bo’ldi.

Kecha kun bo’yi mamlakat miqyosidagi saylovlarda jami 193 marta hujum sodir etilgan bo’lib, bular oqibatida jami 36 kishi halok bo’lgan.

 


Tanlangan kalimalar: parlament saylovi , Afg'oniston

Aloqador xabarlar