Afg’onistonda Tolibon radikal harakati 3 kunlik muddat tugashi bilan hujumni boshladi

Tolibon tomonidan Badg’is viloyatida sodir qilingan portlashda 30 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Afg’onistonda Tolibon radikal harakati 3 kunlik muddat tugashi bilan hujumni boshladi

Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kunga o’t ochish to’xtatilgan Afg’onistonda Tolibon radikal harakati bu muddat tugashi bilan takror hujum sodir qildi.

Tolibon tomonidan Badg’is viloyatida sodir qilingan portlashda 30 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’ldi.

Bu haqda Badg'is viloyat majlisi rahbari Abdul Aziz Bek ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, erta tongda ro’y bergan portlashda Bala tumanidagi harbiy baza nishonga olingan.

Eslatma: Afg’oniston hukumati Ramazon hayiti munosabati bilan 10 kun muddatga bir tomonlama o’t ochishni to’xtatgan edi. Tolibon ham bunga javoban 3 kun muddatga o’t ochishni to’xtatish qarori olgan edi.

Tolibon radikal harakati 2001 yilda AQShning ishg’olidan so’ng, birinchi marta o’t ochishni to’xtatish qarori olgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar