Rus xalqi Prezidentlik saylovi uchun ovoz berdi

Rossiyada 109 saylovchi, kuni kecha Prezidentlik saylovi uchun ovoz berdi.

Rus xalqi Prezidentlik saylovi uchun ovoz berdi

Rossiyada 109 saylovchi, kuni kecha Prezidentlik saylovi uchun ovoz berdi.

Deyarli hammasi sanab chiqilgan ovozlarning 76 % mavjud Prezident Vladimir Putinga ketti. Putin saylangan taqdirda, 4-marta prezidentlik vazifasiga kelgan bo'ladi.

Qizil Maydonda to'plangan olomonga minnatdorlik bildirgan Putin, "Biz ulkan bir guruhning a'zosimiz. O'lkamiz muvaffaqiyatli bo'ladi. Rossiyaning kelajagi uchun xizmat qilaman" deb so'zladi.

Jami 8 nomzod qatnashgan saylovda sanalgan ovozlarga ko'ra, Komunist Partiya nomzodi Pavel Grudin 13,3 %, Rossiya Liberal Demokrat Partiyasi rahbari Vladimir Jerinovskiy 6,33 %, Yaploko Partiyasi rahbari Grigoriy Yavlinsky 0,8 %, Taraqiyot partiyasi rahbari Boris Titov 0,6 %, Rossiya Xalq Kengashi Partiyasi rahbari Sergey Baburin 0,6 %, Rossiya Komunistlari partiyasi rahbari Maksim Suranik 0,6 % va Nodavlat Initsiatif Partiyasi nomzodi Kseniya Sobchak esa 1,4% nispatida ovoz oldi.

Saylov Komissiyasidan berilgan bayonotda, saylov sistemasiga 15 farqli davlatdan siber hujum uyushtirilgani bildirilib, avvalo Amerika qo'shma shatatlari (AQSh), Ukraina va Yangi Zelandiya bo'lib turli davlatlardan Rossiyadagi saylovlarga qarshi "provokatif" faoliyatlar tartiblangani ilgari surildi.

Qolaversa, o'lkaning turli hududlarida saylov okruglarida xizmat qilgan xodimlarning, sandiqlarga ko'p sonda ovoz varaqasi tashlangani bilan aloqali tasfirlar matbuotda joy oldi.



Aloqador xabarlar