Bugun Rossiyada prezidentlik saylovlari bo'lib o'tmoqda

Prezidentlik lavozimiga 4-marta da’vogar bo’lgan Vladimir Putin jami 7 nomzod bilan bellashmoqda.

Bugun Rossiyada prezidentlik saylovlari bo'lib o'tmoqda

Bugun, 18 mart kuni Rossiyada prezidentlik saylovlari bo'lib o'tmoqda.

Prezidentlik lavozimiga 4-marta da’vogar bo’lgan Putin jami 7 nomzod bilan bellashmoqda.

So’ngi anketalarga ko’ra, Putin saylovda 65% ovoz olishi taxmin qilinmoqda.

Saylovchilarning 70%i saylovda ovoz bergan taqdirda, Putinning g’alaba qozonishi aniq deb mulohaza qilinmoqda.

Rossiya Federatsiyasining amaldagi prezidenti Vladimir Putin Rossiya fanlar akademiyasidagi 2151-saylov uchastkasiga kelib, ovoz berdi.

Shuningdek, Liberal-demokratlar partiyasi (LDPR) vakili Vladimir Jirinovskiy, "Yabloko" partiyasi asoschisi Grigoriy Yavlinskiy va Lenin nomidagi sovxoz rahbari Pavel Grudinin saylovda qatnashib bo'ldi.

Bugun Rossiyada jami 97 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan bo'lib, ulardan 400 tadan ko'prog'i xorijda joylashgan.

Saylovlarda 100 milliondan ko'proq kishi ishtirok eta oladi. 109 ta davlatdan 1,5 mingga yaqin xorijiy mutahassislar saylov jarayonini kuzatib bormoqda.

Rossiya prezidenti lavozimiga jami 8 kishi da’vogarlik qilmoqda. Bular: amaldagi prezident Vladimir Putin, Vladimir Jirinovskiy, Pavel Grudinin, Boris Titov, Kseniya Sobchak, Maksim Suraykin, Sergey Baburin va Grigoriy Yavlinskiy.

Saylovda ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 8:00dan soat 20:00gacha davom etadi.

Bundan avval ikki marta bosh vazirlik va 3 marta prezidentlik lavozimini egallagan Putin 2000, 2004 va 2012 yillardagi saylovlarda 1-bosqichdayoq prezidentlik lavozimiga saylangan edi.

Birinchi bo'lib ovoz berish jarayoni Rossiyaning olis hududlari Chukotka muxtor okrugi va Kamchatkada boshlandi.

U hududlarda saylov uchastkalari kecha Turkiya vaqti bilan soat 23:00da ochilgan edi.

Rossiyaning Polsha va Litva o’rtasida joylashgan hududi Kaleningraddagi saylov uchastkalari eng kech yopilgan saylov uchastkasi sifatida Turkiya vaqti bilan soat 21:00da yopiladi.

Saylovning ikkinchi bosqichi 8 aprelda o’tkaziladi.

 



Aloqador xabarlar