UNICEF, suriyalik yosh bolalar ahvolini qo’lga olgan hisobotini chop etdi

BMTning Bolalar fondi UNICEF chop etgan hisobotga ko’ra Suriyada 2014-yildan boshlab 2017-yilgacha 2 ming 500 nafar yosh bola o’ldirilgan, 7 yillik ichki urush yuzasidan 8.6 million yosh bola esa tez yordamga muhtoj.

UNICEF, suriyalik yosh bolalar ahvolini qo’lga olgan hisobotini chop etdi

Suriyada 7 yildan beri davom etgan ichki urush yuzasidan 8.6 million yosh bola tez yordamga muhtoj.

BMTning Bolalar fondi UNICEF chop etgan hisobotga ko’ra Suriyada 2014-yildan boshlab 2017-yilgacha 2 ming 500 nafar yosh bola o’ldirilgan.

Hisobotda aniq raqamning bundan yana-da ko’proq bo’lishi mumkinligi va bu raqamning 2016-yildagi hisobot natijalariga ko’ra 50 foiz ko’p ekanligiga e’tibor qaratildi.

Hisobotda, bugungi kunda Suriyada 10 million yosh boladan 8.6 millionining tez yordamga muhtoj ekanligi va qariyb 6 million yosh bolaning esa o’z uy-joyidan mahrum qilinganligi ma’lum qilindi.

Maktabga borolmagan suriyalik bolalar soninig qariyb 2.5 million ekanligi ifoda etilgan hisobotda, o’q uzish man etilgan hududlarda jon saqlaganlar doxil 3.3 million bolaning, portlamagan o’q-dori va minalar xavfi ostida ekanligi qayd etildi.  

O’tgan 2017-yili ta’lim va sog’likni saqlash muassasalari va xodimlari nishonga olingan 175 hujumning to’g’ri ekanligi eslatilgan hisobotda, Suriyada, ayniqsa bu yilning birinchi 2 oyi ichida mingdan ortiq yosh bolaning jon berganligi yoki tan jarohati olganligi belgilab o’tildi.

Shuningdek hisobotda, Suriyada minalar yuzasidan jon berganlarning qariyb 40 foizining bolalardan iborat ekanligi ta’kidlandi.

To’g’ri tibbiy va psihologik yordamning paymol qilinganligi, bolalar ahvolining yomonlashishiga yo’l ochishi mumkinligi ifoda etilgan hisobotda, nogiron bolalarning zo’ravonlikka duch kelish ehtimolining yana-da yuksak ekanligiga e’tibor qaratildi.

UNICEFning Yaqin Sharq va Shimoliy Amerika yetakchisi Geert Cappelaere,

“Urush, bolalar hayotida o’rin olmasligi darkor lekin afsuski dahshatli ravishda to’xtamay davom etmoqda. Minglab yosh bola o’ldirildi, o’ldirilishi davom ham etmoqda. On minglab bola og’ir yarador. Ularning ko’pchiligi bir umr bu izlarni o’zi bilan birga olib yuradi. Urush yuzasidan minglab yosh bola nogiron bo’lib qoldi” deya gapirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yetakchilari tomonidan kimyoviy quroldan foydalanish, xalqni ochlikka sudrash, o’z uy-joyidan mahrum qilish, qurshab olish, o’zboshimchalik bilan tutqunga olish, qiynoqqa solish kabi yo’llar orqali urush jinoyatiga qo’l urilayotganligi ta’kidlangan ichki urush 7 yildan beri davom etmoqda.

Yuz minglab tinch aholi umriga zomin bo’lganligi ifoda etilgan ichki urushda 5 million 600 nafar tinch aholi o’z uy-joyini takr etib, muhojir sifatida jon saqlamoqda.

 

 



Aloqador xabarlar