Liviyadagi lagerlarida yashagan afrikalik qochqinlar vataniga qaytarildi

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy maslahatchisi Federika Mogherini joriy yilning dastlabki ikki oyida Liviyadagi lagerlarda yashagan 16000 qochqin o’z roziligi bilan vataniga qaytarilganligini ma’lum qildi.

Liviyadagi lagerlarida yashagan afrikalik qochqinlar vataniga qaytarildi

Liviyadagi lagerlarida yashagan afrikalik 16000 qochqin vataniga qaytarildi.

Yevropa Parlamenti umumiy kengashida ma’ruza qilgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy maslahatchisi Federika Mogherini bu haqda bayonot berdi.

U joriy yilning dastlabki ikki oyida Liviyadagi lagerlarda yashagan 16000 qochqin o’z roziligi bilan vataniga qaytarilganligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, xozirda ushbu lagerlarda 5 ming atrofida qochqin kun kechirmoqda. Bir necha oy ichida lagerlar butunlay bo’shatiladi.

CNN International nashri 14 noyabrda Liviyaning poytaxti Tripolida afrikalik qochqinlarning qul bozorida sotilayotganligi to’g’risida video tasvirni namoyish qilgandi. Bir necha daqiqada 12 qochqin har biri 400 evrodan sotilganligi ilgari surilgandi.

Liviya bosh vazir o’rinbosari Ahmet Maitig bu xabarga e’tirozlar kuchayganligi tufayli, voqeani tekshirish yuzasidan tergov boshlanganligini ma’lum qilgandi.

Siyosiy keskinliklarga guvoh bo’layotgan Liviya afrikalik qochqinlarning Yevropaga o’tishida muhim chorraxa bo’lib hisoblanadi.

Har yili vatanidagi to’qnashuvlardan qochishga harakat qilgan o’n minglab aholi yaxshi sharoitlarda kun kechirish umidida Liviya orqali Yevropaga otlanmoqda.

 



Aloqador xabarlar