Kun tahlili 09- qism

Suriya  poytaxtining sharqiyda o’rin olgan va  Jo’bar kabi Damashq shahar markaziga oid mahallalarni o’z ichiga olgan sharqiy Guta hududi 2013- yilidan beri Asad rejimi va rejim tarafdor partizanlarning  qurshovi ostida .

Kun tahlili 09- qism

            

 

                                                             Dunyoning ko’zi o’ngida  yangi bir qotliom: Sharqiy Guta

             Suriya  poytaxtining sharqiyda o’rin olgan va  Jo’bar kabi Damashq shahar markaziga oid mahallalarni o’z ichiga olgan sharqiy Guta hududi 2013- yilidan beri Asad rejimi va rejim tarafdor partizanlarning  qurshovi ostida . Sharqiy Guta hududi oxirgi paytlarda Asad rejimi va Rossiyaning eng ko’p hujumiga duchor bo’lgan hudud hisoblanadi.

3 kun chida 250dan  ziyoda tinch aholining o’ldirilishi oqibatida nihoyat Birlashgan millatlar tashkiloti xavfsizlik kengashi yig’ilib Suriya bo’ylab sulh bitimi  ustida kelishuvga bordilar. Faqat

BMT  xavfsizlik kengashi qarori fe’lan Suriyada urushning va sharqiy Gutada  qatliomning  davom etgan  ma’nosidadir. Hujumlarda ayniqsa salomatlik markazlari bilan nonvoyxonalar kabi xalqning oziq-ovqat ehtiyojini ta’min etgan  joylarning  nishon olishi mintaqa xalqining boshidan o’tayotgan fojialarni yana ham yomonlashtirmoqda.

SETA( Siyosat İqtisodiyot va  jamiyat tadqiqotlar jamg’armasi) Tadqiqotchi- Yozuvchi Jon Ajunning mavzuga doir fikr va  mulohazalairni  e’tiboringizga  havola qilamiz.

            Idlib hududida Ostona jarayoni doirasida TQK tomonidan uch alohida nazorat nuqtasi tashkil etilishidan so’ngra nisbati to’qnashmaslik  vaziyat hokim bo’ldi. Ostona jarayonida yana to’qnashmaslik joriy  etilishi kerak bo’lgan  Humus, Guta va Dera hududida esa TQKning nazorat nuqtalari bahs mavzusi emas. Idlibda to’qnashmaslik  borasida, Asad rejimi va rejim tarafdori partizanlar  sharqiy Guta hududiga  yuborilib  va keng ko’lamli  harbiy operatsiya boshlatdilar.

Quruqlik harbiy operatsiya boshlashdan  oldin sharqiy Guta hududi rejim va Rus havo kuchlari tomonidan bombardimon qilinmoqda   . Rossiya va Asad rejimi noharbiy- harbiy deb ajratmasdan turib hududni bombaladı va Halabdagi vaziyatga  o’xshash bir shaklda “ Scorched erth” ( yoqib vayron qilib ortda bir narsa qoldirmasdan o’tib ketish taktikasi) strategiyasi  tatbiq etilmoqda. Ushbu strategiya jihatida Sharqiy Gutada go‘yo bir qatliom sodir bo’lishi sababli BMT xavfsizlik kengashi yig’ildi.

Rossiyaning veto tahdidi tufayli xavfsizlik kengashi tomonidan sohada haqiqati bo’lmagan bir umumiy sulh e’lon qilindi. DEASh va Al- Qoida terror tashkilotlari  ham sulh doirasida bo’lishi, sanksiya mexanizmlarini tashkil etmasligi BMT Xavfsizlik kengashingning qarorini  mas’uliyatsiz qilmoqda.

            Darhaqiqat Rossiya rasmiy ravishda Suriyada faqatgina DEASh va Al- Qoida terror  tashkilotlari bilan kurashi davom etmoqda. Faqat sohadagi haqiqat, Rossiya  mo’tadil muxolafat birinchi  o’rinda mo’ljal sifatida belgilangan va harbiy- noharbiy deb ajratmasdan turib  bombardimon  qilinganini ko’rsatmoqda.

Alohida BMT xavfsizlik kengashi sulh qarori poymol qilingan  vaziyatda hech bir sanksiya mexanizm tashkil etilmagan bo’lishi, qarorga rioya qilish esa  ko‘ngillilik  asosiyga  bog’liq ma’nosiga keladi.

Alohida Rossiyaning Sharqiy Gutadagi Ahrar ush shom va  Jeys al ıslomi guruhlar  HTSh bilan barobar harakat qilganini va sulhning tashqarisida  tutilgan   bayonotida, BMT xavfsizlik kengashi qaror matni yomon niyatli sharhlarga ochiq ekanini ko’rsatmoqda.

Darhaqiqat Shariy Gutada Jeys al Islom bilan HTSh o’rtasida ko’plab to’qnashuv sodir bo’lgan  va Jeys al Islom HTShdan ko’plab kishi nazoratga olingan. Ahrar ush Sham  esa Rossiyaning  ushbu bayonotni  bergan paytda Idlib hududida HTShga qarshi keng ko’lamli bir harbiy operatsiya yuritmoqda edi.

            Ochiq bir shaklda, Rossiya  va Asad rejimi sharqiy Guta hududida amalga oshirgan hujumlarni qatliom sifatdia baholash esa  to’g’ri bo’ladi. Sahriy Guta aholisi ko’pchilikda bo’lgan bir mintaqadir.  Qurshov ostida bo’lgan va to’g’ridan nishon olingan yuz minglab  tinch aholi   bosqichma- bosqich o’ldirilmoqda.

            Rossiya BMT xavfsizlik kengashi qaroridan so’ngra “ yaxshi niyat” ko’rsatkichi sifatida har kun sharqiy Guta hududida mahalliy soat bilan 09.00  bilan 14.00 orasida “insoni sulh” e’lon qilingan. E’lon qilingan sulh Asad rejimi va rejim tarafdori partizanlar tomonidan ilk kundan e’tiboran poymol qilingan va  sharqiy Guta  hujumlari davom etgandir. Sharqiy Gutadagi  fuqarolik mudofaa ( oq baretlar) guruhlaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Asad rejimi, BMTXK  qarori va ortidan Rossiyaning mahalliy Soat bilan 09.00- 14.00 orasidagi joriy bo’ladigan shaklda e’lon qilgan sulhga qaramasdan Sharqiy Gutani bombalashga  davom etdi. Rejim, mahalliy soat bilan 09.30da Sharqiy Gutadagi tinch aholi punktlaridan Duma, Bayt Sava va Merj mintaqalariga to’p bilan hujum uyushtirdi.

            Turkiya esa Ostona jarayonida   kafolatchi  bo’lgan  o’lkalardan biri sifatida Sharqiy Gutadagi to’qnashuvlar, Ostona, jarayoni  tufayli  to’xtatishga  qarata qadamlar tashlanmoqda. Ostona jarayoni doirasida Rossiya va Asad rejimi sharqiy Gutaga qarata hujumlarini to’xtatish ehtimoli, BMT orqali yuritiladigan qadamlarga muqoyasa qilinganda  yana  ham katta va ta’sirlidir. Ostona jarayoni bilan natija olinishiga qadar, Turkiya holi hozir Shariy Gutadagi yaradorlarni  muolaja qilish  va gumanitar  yordamlarni  Shariy Gutaga  yetkazib  berish  uchun safarbar bo’lgan vaziyatda.

            Sharqiy Gutada sodir bo’lgan insoniyat fojiasi aslida Suriya ichidagi murakkab muvozanat Rossiya va Asad  rejimi pozitsiyasidan ko’proq, BMT tashkiliy muammolari tufayli to’siq bo‘lmoqdadir. BMT Xavfsizlik kengashining besh doimiy a’zosi dunyo tinchligiga hissa qo’shish o’rniga o’z manfaatlarini  tushunib harakat qilmoqdalar. Bugun belki bir yechim yo’li  topib  Sharqiy Guta  qatliomini  to’xtatishi mumkin yoki bu jihatdagi  barcha tashabbuslar muvaffaqiyatsiz bo’ladi.

Faqat BMTning tizimi o’zgarmagan taqdirda dunyo bo’ylab yana ko’plab Sharqiy Gutaga to’siq bo’la olamydi.  

SETA( Siyosat İqtisodiyot va  jamiyat tadqiqotlar jamg’armasi) Tadqiqotchi- Yozuvchi Jon Ajunning mavzuga doir fikr  va mulohazalarini  e’tiboringizga havola qildik. 

 


Tanlangan kalimalar: Qotliom , Sharqiy Guta , Suriya

Aloqador xabarlar