Suriyalik muxolifat guruh 400 terroristni tiriklayin tutqunga oldi

Suriyalik muxolifat guruh Bashar al-Asad rejimi tomonidan ochilgan yo’laklar orqali Idlibdagi xavfsiz hududga kirishga harakat qilgan DEASh terror tashkiloti bilan to’qnashib, oqibatida 400 terroristni tiriklayin tutqunga oldi.

Suriyalik muxolifat guruh 400 terroristni tiriklayin tutqunga oldi

Suriyalik muxolifat guruh Bashar al-Asad rejimi tomonidan ochilgan yo’laklar orqali Idlibdagi xavfsiz hududga kirishga harakat qilgan DEASh terror tashkiloti bilan to’qnashib, oqibatida terroristlarning ko’pchiligini yo’q qilar ekan, 400 terroristni tiriklayin tutqunga oldi. 

“Bosib olganlarni yo’q qilish” deb nomlangan qo’shma amaliyot uyushtirgan suriyalik 12 muxolifat guruh, Idlibga kirishga harakat qilgan DEASh terror tashkilotining yo’liga g’ov bo’ldi.

Muxolifat guruh shu doirada Idlibning janubi va sharqidagi ko’plab DEASh terror tashkiloti a’zosini yo’q qildi.

Muxolifat tomonidan tashkil etilgan qo’shma amaliyot voizi Naji Abu Huzayfa, Asad rejimining nazorati ostidagi mintaqalardan Idlibga kirishga harakat qilgan DEASh terror tashkilotiga qarshi boshlatilgan amaliyotning davom etganligini qayd etdi.

Abu Huzayfa, Idlibning janub va sharqida DEASh terror tashkilotiga oid 400 terroristni tutqunga olganliklarini va ulardan 80 nafarining yarador ekanligini o’z so’ziga ilova etdi.

Abu Huzayfa shuningdek, Idlibning janubi-sharqidagi Um Halahil, Huvayin va Ard Zarzur qishloqlarini ham terroristlardan qaytarib olganliklarini ifoda etdi.

Abu Huzayfa to’qnashuvlarda Idlibga kirolmagan va ko’pchilik a’zolariyu imkonlarini qo’ldan boy bergan DEASh terror tashkilotining natijada tarqay boshlaganligini, buyruq va boshqarish zanjirini yo’qotgan terroristlarning o’zboshicha harakat qila boshlaganligini ma’lum qildi.

Bashar al-Asad rejimi bilan DEASh terror tashkiloti ma’lum vaqtdan beri Suriyaning Idlibdagi xavfsiz hududida muxolifat guruhlarga qarshi ilgarilash uchun taktik hamkorlik qilayotgan edi.

Aytib o’tish joizki rejim kuchlari o’tgan yilning oktabr oyida Hamaning sharqidagi Hunayfis mintaqasidan DEASh terror tashkiloti uchun yo’l ochib, Idlibdagi muxolifat guruh va rejimga qarshi kurashgan qurolli guruhlarning nazorati ostidagi mintaqalarga o’tishlarini ta’minlagan edi.

Birgalikda faoliyat olib borgan DEASh va rejim kuchlari 3 oy davomida Rossiya tomonidan muxolif va rejim kuchlariga qarshi kurashgan harbiy guruhlarga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida ancha ilgarilagan edi. 

Terror tashkiloti shu doirada 30 kilometrlik yo’lakdan Idlibning ichiga kirib borib, Deribiya va Niha qishloqlariga joylashib olgan edi.

Rejim va DEASh terror tashkiloti vaqti-vaqti bilan Idlibning janubi-sharqida ilgarilar ekan Rossiya muxolifat guruhlarga qarshi havo hujumi uyushtirib, ularni qo’llab-quvvatlagan edi.  

 



Aloqador xabarlar