• Video galereya

Isroil askarlari Falastinlik namoyishchilarni otib o'ldirdi...

Isroil askarlari otgan o'q natijasida, 3 nafar Falastinlik hayotini yuqotdi, 5 nafari og'ir jami 82 kishi tan jarohati oldi.

Isroil askarlari Falastinlik namoyishchilarni otib o'ldirdi...

Isroil askarlarining Quds va G'azo chegarasida o'tkazilgan "Qudsni qo'llab-quvvatlash" namoyishlari chog'ida oraga kirishi natijasida biri nogiron 3 nafar Falastinlik hayotini yuqotdi, 5 nafari og'ir jami 82 kishi tan jarohati oldi.

G'azo Salomatlikni saqlash vazirligi voizi Eshref al-Kudra, "Isroil askarlarining G'azo chegarasida uyushtirilgan namoyishlarga aralashuvi oqibatida Yasir Sukkar (23), Ibrahim Abu Sureyya (29) nomli kiki nafar Falastinlikning hayotini yuqotganini bildirildi.

Abu Sureyyaning 2008-yili Isroildagi hujum natijasida ikki oyog'ini yuqotishi natijasida nogironga aylangan bir kishi ekani bildirildi.

Isroil xavfsizlik kuchi Qudsda musulmonlar juma namozidan keyin norozichilik ko'rsatgan namoyishchilarga gaz bilan zarar berdi.

G'azoning sharqida "Qudsni dastaklash" namoyishiga qatnashgan Falastinlik yoshlar, Isroil bilan G'azo chegaraga tomon harakat qildi.

Isroil askarlari, o'zlariga tosh otgan Falastinliklarga plastik va haqiqiy o'q bilan bir qatorda ko'z yoshartuvchi gaz otdi.

Isroil askarlarining ishg'oli ostidagi Sharqiy Qudsdagi devorning narigi tomonida qolgan Anata hududida namoyish o'tkazgan bir Falastinlik shahid etildi.

Falastin Salomatlikli Saqlash vazirilining ma'lum qilishicha, Isroil askarlari, Anata hududida namoyishchilarni haqiqiy o'q bilan otib o'ldirgan.

Bayonotda, ushbu hujum natijasida yaralangan Basil Mustafa Ismail nomli Falastinli o'spirning shifoxonada shahid bo'lgani bildirildi.

Falastinlik Mahkumlarning Oilalari nomli qo'mitasi rahbari Emjed Abu Asad ham, Mesjidi Aksada ado etilgan namozdan keyin Isroil xavfsizlik kuchlari bilan Falastinliklar o'rtasida janjal chiqganini ifoda etdi.

Abu Asab, janjal chog'ida 4 nafar Falastinlikning qo'lga olinganini ta'kidladi.

Shuningdek ishg'ol ostidagi Sharqiy Qudsning Isaviyya tumanida ham "Qudsni qo'llab-quvvatlagan" namoyishlarning davom etgani bildirildi.



Aloqador xabarlar