Karkukda harbiy tayyorgarlik bo'lgani ilgari surildi...

Iroq qo'shini bilan Hashdi Shabining Karkukda harbiy kuch joylashtirayotganini, neft quvurlari va harbiy aeraportlarni nazorat qilmoqchi bo'lgani ilgari surildi.

Karkukda harbiy tayyorgarlik bo'lgani ilgari surildi...

Iroq mintaqaviy kurt boshqaruvi (IKMB) xavfsizlik agentligi, Iroq qo'shini bilan Hashdi Shabining Karkukda harbiy kuch joylashtirayotganini, neft quvurlari va harbiy aeraportlarni nazorat qilmoqchi bo'lganini ilgari surdi.

Xavfsizlik agentligining ma'lum qilishicha, "Iroq qo'shini va Hashdi Shabining Karkukning janubidagi Beshir qishlog'i va Tezehurmati posyolkasida tank, to'p, hummer va boshqa qurollar yuborayotgani belgilandi" deb bildirdi.

Bayonotda, kurt jangarilari bilan Iroq qo'shini va Hashdi Shabi kuchlari o'rtasidagi masofaning 3 kilometr bo'lgani bildirildi.

Karkuk g'arbiy japha qo'mondoni Kemal Karkuki esa  AA bergan bayonotida, Hashdi Shabining shaharning janubidan harakatga o'tganini bildirib, hududda harbiy bir taranglik bo'lganini izohladi.

Shahar markazida so'ngi vaziyat bilan aloqali Karkuki, ayrim insonlarning ko'ngilli ravishda qurollanganini va Hashdi Shabining shaharga kirishiga qarshilik ko'rsatganini ifoda etdi.

Iroq bosh vaziri Haydar el-Ibadi ham a'zosi bo'lgan Iroq Islomiy Da'vo Partiyasining Karkukdagi byurosiga qurolli hujum uyushtirildi.

Karkuk xavfsizlik vakili Nejdat Vendavi, hujumda qurbonlar bo'lmaganini izohladi.

Partiya binoning zarar ko'rganini ifoda etgan Vendavi, Karkukda so'ngi davrlar bunga o'xshash hujumlarning Turkman siyosiy uyushmalariga qarshi ham ortganiga diqqat qaratdi.

Vendavi, hujum sodir etilgan hududda xavfsizlik chora-tadbirlari olinganini izohladi.

 



Aloqador xabarlar