AQShdagi qamoqxona xodimlari, mahbuslar chiqargan yong’inda jon berdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Karolina shtatida ikki nafar qamoqxona xodimi, qochmoqchi bo’lgan mahbuslar tomonidan chiqarilgan yong’inda jon berdi.

Shimoliy Karolinaga qarashli Elizabeth shahrida, shtat politsiyasining nazorati ostidagi Pasquotak qamoqxonasidan qochmoqchi bo’lgan mahbuslar yong’in chiqardi.

Voqea haqida bayonot bergan Shimoliy Karolina Davlat xavfsizlik xizmati, yong’inda ikki nafar qamoqxona xodimining jon berganligini qayd etdi.

Tan jarohati olgan 10 kishining kasalxonaga yetkazib borilganligini ham o’z so’ziga ilova etgan xavfsizlik xizmati xodimi, voqea chog’ida qamoqxonaning qulflanganligini va biron-bir mahbusning ham qocholmaganligini ifoda etdi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimi shuningdek, batamom erkak mahbuslardan iborat bo’lgan 729 kishilik qamoqxonada 410 xodimning xizmat qilganligini ma’lum qildi.

Tanlangan kalimalar: qamoqxona , Karolina , AQSh

Aloqador xabarlar