Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Donald Trampga minnatdorchilik bildirdi

Nikolas Maduro:“Meni hamisha tanqid qilgan AQSh prezidenti Donald Trampga katta rahmat, chunki u meni butun dunyoga mashhur qildi”

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Donald Trampga minnatdorchilik bildirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro: “Meni hamisha tanqid qilgan AQSh prezidenti Donald Trampga katta rahmat, chunki u meni butun dunyoga mashhur qildi”,-dedi.

“Demak, ba’zi narsalarni to’g’ri qilyabman”,-deydi Maduro.

U davlat televideniyesida efirga uzatilgan haftalik ko’rsatuvda ishtirok etar ekan, kun tartibdagi dolzarb mavzular haqidagi savollarga javob berdi.

Trampga imo qilgan Maduro: “Meni butun dunyoga mashhur qildi. Tramp men haqimda gapirgan sari, insonlar meni yana ham ko’proq yaxshi ko’ra boshladi”,-dedi.

Nikolas Maduro: “Imperatorlikning lideri har kuni mening haqimda gapirishi men uchun katta sharaf”,-dedi.

U “Tramp meni va sotsialist partiyani tanqid qilaverib, xuddi Venesuelaning muxolifatiga aylandi”,-dedi.

Tramp Maduroni diktator ekanini ilgari surib, mamlakatdagi demokratiyani bostirganlikda ayblagan edi.

Maduro esa, bunga javob sifatida AQSh hukumatini Venesuelaning ichki ishlariga aralashib, mamlakatda rejimni o’zgartirishga tashabbus ko’rsatganlikda ayblagandi.

 


Tanlangan kalimalar: Venesuela , AQSh , Nikolas Maduro , Donald Tramp

Aloqador xabarlar