Mehmet Shimshek, AQSh bilan mavjud viza tarangligining vaqtincha bo'lganini bildirdi

Bosh vazir o'rinbosari Mehmet Shimshek, AQSh bilan mavjud viza tarangligining vaqtincha bo'lganini bildirdi.

Mehmet Shimshek, AQSh bilan mavjud viza tarangligining vaqtincha bo'lganini bildirdi

Bosh vazir o'rinbosari Mehmet Shimshek, Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) bilan mavjud viza tarangligining vaqtincha bo'lganini bildirdi.

Bosh vazir o'rinbosari Shimshek, Xalqaro Valyuta Fondi IMF va Jahon Banki yig'ilishiga ishtirok etish maqsadida AQShning poytaxti Washingtonda, daslab Amerika Savdo Palatasida, Turk Me'ros Fondining panelida so'zga chiqdi.

Turkiyaning iqtisodiy sohalar ham bo'lib ko'p sonda islohot amalga oshirganini va dunyoda eng yirik 13. iqtisodiyot bo'lganini izohlagan Shimshek, maruzasida viza tarangligiga ham to'xtalib, "Turkiya suvereniteti bo'lgan g'ururli bir davlat. Amerikaning qaroriga biz ham albatta ayni shaklda javob beramiz" dedi.

"AQSh va boshqa do'st mamlakatlarning bizni tushunishini kutamiz" degan Shimshek, aloqa, dialog va tushunchali bo'lish kerakligini ifoda etdi.

AQSh bilan Turkiyaning ko'p mavzuda bir-biriga e'htiyoji bo'lganiga diqat qaratgan Mehmet Shimshek, aloqa yo'llarining ochiq bo'lishi kerakligini ifoda etdi.

Bosh vazir o'rinbosari viza inqirozining yaqinda yechilishi kutilganini ham bildirdi.



Aloqador xabarlar