Umumbashariy nuqtai nazar 7-qism

G'arbiy Frakiyalik Turklar asimilatsiyani rad etmoqda.

Umumbashariy nuqtai nazar 7-qism

Umumbashariy nuqtai nazar 7-qism

G’arbiy Frakiyada yashagan Turklar: Asimilatsiyani rad etadi...

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

 

Mana bir tassavur etib ko’ring “Nemis, Arab, Turk, Musulmon, Xristian yohud ateis…) minglab yildir siz yashab kelgan joyda davlat bir kun, “suzlar bu emas” va “sizlar tarif etgan kabi bir jamiyat aslida yo’q” deb aytsa. “Insonlarning o’zini qanday tarif etgani davlatni qiziqtirmaydi. Dalatlar jamiyatning o’zini qanday tarif qilgan bo’lsa shunday qabul etib va buni hurmat qilishi kerak. Bu davrda unday bo’lar mikan” deganingizni eshitgandekman.

Sizga, “Zamonimizga mos tushmagan bir tushuncha bizning davrimizda bo’lmaydi. Bunday tushunchaning vaqti o’tgandir” deyishni xohlar edim.

Afsuski bunday emas. Bu Yevropa Ittifoqi (YI) a’zosi bir davlat bo’lgan Yunonistonda hamon davom etmoqda. Ming yildan oshiq insolar musulmon va Turk kimligi bilan bor bo’lishni qabullantirish uchun kurashmoqda. G’arbiy Frakiyada yashagan Turklardan bahs etayapman.

G’arbiy Frakiya Turklari, Usmoniy davlatidan avval, bu tuproqlarda yashayotgan edi. Usmoniy davlati tarqalgach, G’arbiy Frakiyadagi Turklarning haqlari Xalqaro va o’zaro shartnomalar doirasida kafolat ostiga olingandir. Afsuski bunlarni tatbiq etish faqat qog’ozlarda qolgan. Mana bugungi turkumimizda paymol qilingan ushbu haqlardan biriga to’xtalib o’tmoqchimiz.

 

Chalg'itilgan Onglar...

Siyosiy, iqtisodiy, madaniy haqlar albattaki bebaho va muhimdir. Lerkin insonning o’zini qanday tarif etishi asosiy inson haqlaridan biri hisoblanadi. Inson haqlari Olamshumul Bayonotining 6. moddasiga ko’ra “Hamma qayerda bo’lishidan qat’iy nazar” o’zini qanday tarif etishi davlatning emas, o’z masalasidir va shaxsiyatining bir parchasidir. Bir insonning o’zini tarif etishi yoki oid bo’lganini rad etish, u insonning borligini rad etishga teng bo’ladi. Balki shu uchun Amin Mauluf “O’ldirilgan Kimiklar” nomli kitobida inson kimligining yaralangan joyidan vujud topga kelganiga diqat qaratmoqda. Chunki o’zini tanitgan kimligi va borligi rad etilgan inson, o’zini ispotlash uchun bosimlarga qarshi kurashadi. Ilk Xristian va Musulmonlar bosimlarga qarshi chiqib, o’z  boqliqlarini ispotlash uchun olib borgan kurashlar bunga namuna.

 

Rad etilgan Turk kimliklari...

G’rabiy Frakiyada ham vaziyat shunday. 1927-yili vujduga kelgan “Iskeche Turk Birligi” 1980- yiligicha o’z borligini davom ettirdi. Ismida “Turk” kalimasi bo’lgani uchun 1983- yili xavfsizlik kuchlari yozuvni olib tashlab faoliyat olib borishiga ruxsat bermadi. Tashkilot Yunon mahkamalari va sud organi tomonidan “G’arbiy Frakiyada Turklar yo’q” deb qaror bergandan keyin yopildi. Undan keyin G’arbiy Frakiyalik musulmon Turklar da’volarini Yeropa Inson Haqlari mahkamasi olib bordi. YIIHM 2008-yili Turk Tashkilotining haqli bo’lganini tan oldi. Lekin Yunon qonunlariga ko’ra YIIHMning bog’lovchiligi yo’q. Qaytadan ichki huquqga murojaat etish kerak. Bunlar bilan aloqali 2018-yil 9-fevral kuni bo’ligan Gumuljina mahkamasidagi suddan yana bir natija chiqmadi.

1983- yili chiqarilgan va inson haqlarini poymol qilgan bu qarorni tuzatish uchun 35 yildan beri faoliyat olib borilmoqda. G’arbiy Frakiyali musulmon Turklar voz kechmasdan kurashishga davom etmoqda. 35 yildir Yunonistonga kerak bo’lgani kabi bosim qilmagan YIdan hamon adolat kutmoqda.

 

Milliy  Kurash Kuchi...

1988- yili 29-yanvar kuni G’arbiy Frakiyalik Turklar, o’zlarini yo’q deb hisoblagan Yunun mahkamalariga qarshi norozichilik ko’rsatish uchun keng ko’lamli norozichilik namoyishi o'tkazdi. Lekin Yunon hukumati insolarga bosim qildi. 1990-yili esa Milliy  Kurash Kuni, to’sqinchiliklarga qaramasdan, o’n minglab inson o’z borligini ko’rsatdi. Lekin bu namoyishlar chog’ida fanatik Yunonlar Turklarga hujum qildi. Ikki kun bo’yicha G’arbiy Frakiyalik Turklarning narsalari talon qilindi. Avvalambor xalq tomonidan saylangan Iskeje muftisi Emin Ag’a va u davr mustaqil deputat bo’lgan Ahmet Fakiog’lu ham bo’lib ko’p sonda Turk og’ir shikastlandi. Yunon politsiyachilari esa ularni tomusha qilib turdi xolos.

 

Faqat Turk kimligi rad etilmoqdami?

 

Yunonistonda bu masala o’zlariga mufti saylashiga ruxsat berilmasligi, ibodat erkinligining cheklanishi, musodara etilgan fond mulklarini qaytarib bermaslik, ta’lim haqlarining cheklanishi, fuqaroliklardan chiqarilgan o’n minglab inson shu ahvolda, bu Frakiyada yashagan Turklarning asosiy muammolari. Kotib Chalabi Universiteti qoshida Turk, Yunon va Ingliz tillarida tayyorlangan Yunoniston Inson Haqlari rivojlanish hisobotiga nazar solish muhim.

Yunonistonda bunday hodisalar bo’lar ekan Turkiyaning Akdamar cherkovini qayta tiklab ibodadga ochishi,  Mos Gabriel manastirining yer maydonini qaytarib berishi, Go’kcheada Rum maktabida ta’lim jarayonini boshlatishi, Istanbuldagi Bolgar cherkovining restovratsiya xarajatlarining Turkiya tomonidan qarshilanishi kabi ijobiy kirishuvlar bo’lgan bir davrda sodir bo’lmoqda.

Aslida eng achinarli tomoni, kerak bo’lsa YI kerak bo’lsa xalqaro tashkilotlar o’n yillardan beri davom etgan bu qonunbuzarliklarga qarshi qoniqarli siyosat olib bormagan.

Bundan ham battari esa, Turkiyada inson haqlari tashkilotlari va ziyolilar, o’z davlatlarida inson halqari mavzusida to’liq ma’lumotga ega ekan, yon boshimizdagi qo’shnu Yunonistondagi inson haqlari paymollari haqida esa  ma’lumot egasi emas.

Umid qilamizki, Yunoniston Inson Haqlari rivojlanish hisoboti kabi faoliyatlar soni ortadi, xalqimiz boshqa davlatlardagi qonunburaliklar haqida yana ko’p ma’lumot egasi bo’lishga ko’proq qiziqadi.

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini taqdime ttik.


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar